Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi yangi to‘rt turdagi smartfonni foydalanuvchilarga taqdim etdi, deb xabar berdi 4pda.ru.
Galaxy Core II, Galaxy Ace 4, Galaxy Young 2 va Galaxy Star 2 smartfonlari, eng avvalo, rivojlanayotgan davlatlar bozori uchun mo‘ljallangan. O‘xshash qurilmalardan farqli o‘laroq, yangi qurilmalarning barchasiga Android 4.4 KitKat operatsion tizimi o‘rnatilgan.Samsung Galaxy Core II
- 4,5 dyuymli WVGA TFT displey
- to‘rt yadroli 1,2 gigagers chastotali protsessor
- 768 Mb tezkor, 4 Gb ichki xotira
- 5 megapikselli asosiy, VGA old kamera
- 2000 mA·soat sig‘imidagi akkumulyator bilan jihozlangan.
Samsung Galaxy Ace 4
- 4 dyuymli WVGA TFT displey
- ikki yadroli 1,2 gigagers / ikki yadroli 1,1 gigogers chastotali protsessor
- 1 Mb / 512 Mb tezkor, 4 Gb ichki xotira
- 5 megapikselli asosiy kamera
- 1800 mA·soat / 1500 mA·soat sig‘imidagi akkumulyator bilan jihozlangan.
Samsung Galaxy Young 2
- 3,5 dyuymli HGVA TFT displey
- bir yadroli 1 gigagers chastotali protsessor
- 512 Mb tezkor, 4 Gb ichki xotira
- 3 megapikselli asosiy kamera
- 1300 mA·soat sig‘imidagi akkumulyator bilan jihozlangan.
Samsung Galaxy Star 2
- 3,5 dyuymli HGVA TFT displey,
- bir yadroli 1 gigagers chastotali protsessor
- 512 Mb tezkor, 4 Gb ichki xotira,
- 2 megapikselli asosiy kamera
- 1300 mA·soat sig‘imidagi akkumulyator bilan jihozlangan.
Izoh (0)