Buyuk Britaniyaning axborot boshqarmasi (ICO) 700 mingga yaqin Facebook foydalanuvchilari ustidan ogohlantirishsiz o‘tkazilgan tajriba yuzasidan surishtiruv ishlarini boshladi. Bu haqda “ITAR-TASS” xabar berdi.
Nazorat qiluvchi boshqarma tekshiruv ishlarini o‘tkazib, Facebook’ni so‘roqqa tutishini ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, 2012-yilda bir hafta davomida 689 ming nafar tarmoq foydalanuvchilari yangiliklar tasmasiga vaqti-vaqti bilan goh salbiy xususiyatga ega xabarlar bloki, goh faqat ijobiy xabarlar chiqa boshlagan
Ushbu psixologik eksperiment ustida Facebook xodimi Adam Kramar, Kornell Universitetidan Jeffri Xenkok va Kaliforniya Universiteti (San-Fransisko) vakillari ishlagan va ilmiy ish natijalarini PNAS jurnalida chop etgan.
Buyuk Britaniyaning axborot boshqarmasi ushbu tajribada qonun buzilganligini isbotlasa, Facebook’dan 500 ming funt sterling (839 500 dollar) undirishi mumkin.
Izoh (0)