Germaniyalik Bogdan Ioneskudan velosipedida qo‘l tormozlaridan birining yo‘qligi uchun jarima sifatida 25 yevro undirib olindi, deb xabar berdi The Telegraph.
Germaniyadagi yo‘l harakati qoidalariga ko‘ra, har bir velosiped ikki qo‘l tormozi bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak. Bogdan Ioneskni to‘xtatgan politsiya xodimi uni mazkur qoidani buzishda ayblab, 25 yevro to‘lashga majbur qildi.
Ionesku jazoni adolatsiz deb baholab, sudga murojaat qildi. Uch oydan so‘ng shikoyat o‘rinli deb topilgach, politsiya xodimlari Bogdandan uzr so‘rashga va jarima uchun to‘langan mablag‘ni qaytarishga majbur bo‘ldi.
Izoh (0)