Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

2014-yil iyun oyining so‘nggi kunlarida Toshkent metropoliteni vagonlarida tijoriy reklamalar paydo bo‘ldi. Xususan, “Chilonzor” yo‘nalishida harakatlanuvchi poyezdlarning har vagonlarida kamida to‘rttadan tijoriy reklama paydo bo‘lgan, deya xabar beradi “Kun”.

Foto: wikipedia.org

Foto: wikipedia.org

Kuzatuvlarga ko‘ra, hozircha Toshkent metropoliteni vagonlariga Pepsi, Lipton Ice Tea, Dewell savdo belgilari, shuningdek, prostatit va gemorroyga qarshi dori vositalari reklamalari joylashtirilgan. Ayni vaqtda, ularning soni har vagonga o‘rnatilgan hushyorlik va ogohlikka chaqiruvchi ijtimoiy reklama va metropoliten xaritasi soni bilan deyarli teng.

“Kun”ning yozishicha, avvalroq, may—iyun oylari davomida “Chilonzor”, “Paxtakor” kabi bir qator metro bekatlarining o‘tish, kirish-chiqish joylarida tijoriy reklamalar paydo bo‘lgani haqida xabar berilgan edi. Ma’lum bo‘lishicha, hozirgi vaqtda bir necha reklama agentliklari Toshkent metrosiga reklama joylashtirish xizmatlarini taklif qilmoqda.

Toshkent metropolitenidagi reklamalar 2011-yil aprelda ommaviy ravishda olib tashlanib, ularning o‘rni esa yo‘lovchilarni ogohlik va hushyorlikka chaqiruvchi shiorlar va ijtimoiy reklama bilan to‘ldirilgan. Keyinroq, ushbu qaror yo‘lovchilar metroda reklamalarga chalg‘ib, shubhali buyum va shaxslarga e’tibor bermay qolishlarini oldini olish va xavfsizlikni kuchaytirish maqsadida qabul qilingani aytilgan.

Metropolitenga tijoriy reklamalarni qaytarish qarori nima sababdan qabul qilingani to‘g‘risida hozircha rasmiy izoh yoki munosabat bildirilganicha yo‘q. Qayd etish joiz, metropolitendan tijoriy reklamalar olib tashlangandan keyingi davr mobaynida barcha bekatlarga, shuningdek, ba’zi yo‘nalishdagi barcha poyezdlarning vagonlariga kuzatuv kameralari o‘rnatib chiqildi va, o‘z-o‘zidan, metrodagi xavfsizlik darajasi nisbatan oshdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Trampning sobiq maslahatchisi prezident saylovida qatnashishga tayyorligini bildirdi
Madaniyat
“Kuniga 1 000 dollar topganda talash bo‘lgan ota keksayganda hech kimga kerak bo‘lmay qoldi” — Bobomurod Hamdamovning kelini oiladagi kelishmovchiliklar haqida (vi...
Sport
Braziliya terma jamoasi ketma-ket 8-marta mundial chorak finaliga chiqdi