Bugungi kunda quyosh batareyalari yoki shamol trubinalari yordamida elektr energiyasi olish mumkinligi haqida hamma biladi. Lekin mobil qurilmalarni quvvatlash uchun AIRE niqobiga o‘xshagan qulay va kichik hajmdagi qurilmalar ham mavjud, deb yozadi Ubergizmo sayti.
AIRE niqobi iPhone batareyasini olayotgan nafasimiz yordamida quvvatlash uchun mo‘ljallangan. Bu konseptda kichik shamol trubinasi o‘rnatilgan bo‘lib, har nafas olib, chiqarganimizda elektr energiyasi ishlab chiqaradi.
Qurilmadan foydalanish uchun uni yuzga taqish va unga iPhone’ni ulashning o‘zi kifoya. Manbada ta’kidlanishicha, buning inson salomatlagiga hech qanday ziyoni yo‘q.
Izoh (0)