C guruhidan o‘rin olgan Kolumbiya va Kot-d’Ivuar termalari o‘rtasidagi bahsda Lotin Amerikasi vakillari 2:1 hisobida g‘alaba qozondi, deb xabar berdi Sports.uz.
Uchrashuvdagi barcha gollar o‘yinning ikkinchi bo‘limida kiritildi. 64-daqiqada Rodriges Kolumbiyani oldinga olib chiqdi. Oradan olti daqiqa o‘tib, Kintero hisobni yiriklashtirdi.
O‘yinda eng faol futbolchilardan biri bo‘lgan Jervino kiritgan goli afrikaliklarga mag‘lubiyatdan qutulishiga yordam bermadi.
Izoh (0)