Jahon chempionatining 1-turidan o‘rin olgan Gana hamda AQSh termalari o‘rtasidagi uchrashuvda shimoliy amerikaliklar g‘alaba qozondi, deya xabar berdi Uff.uz.
O‘yinning dastlabki daqiqasidayoq Klint Dempsi AQShni hisobda oldinga olib chiqdi. Shu hisob ikkinchi bo‘limning 82-daqiqasigacha saqlanib qoldi. Biroq 82-daqiqada Gana terma jamoasi futbolchisi Andre Ayyu muvozanatni tiklashga muvaffaq bo‘ldi. Oradan to‘rt daqiqa o‘tgach, amerikalik jamoa vakili Bruks o‘z goli bilan Yurgen Klismann boshchiligidagi termaga g‘alaba keltirdi.
Demak, AQSh mazkur g‘alaba evaziga uch ochko to‘plab, “G” guruhida Germaniya termasi bilan tenglashib oldi. Gana termasi esa nol ochko bilan uchinchi pog‘onaga joylashdi.
Izoh (0)