Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Poytaxtda O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi (“Yergeodezkadastr”) tomonidan matbuot anjumani o‘tkazildi. Anjuman yer resurslaridan oqilona foydalanish, yer tuzishni va yerlar monitoringini tashkil qilish, tuproq unumdorligini saqlash, oshirish va qayta tiklash borasida yagona davlat siyosatini yuritish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga bag‘ishlandi, deb xabar beradi O‘zA.

Foto: bit-torrent.ru

Foto: bit-torrent.ru

“Yergeodezkadastr” va uning hududiy boshqarmalarida Yer kodeksi va boshqa qonun hujjatlari talablariga rioya etilishini ta’minlash, yerdan foydalanish va bu borada yo‘l qo‘yilgan qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda. Shu maqsadda joriy yilning birinchi choragida to‘qsonga yaqin xo‘jalik yurituvchi subyektning qariyb 80 ming gektar yer maydoni tekshirildi. Natijada 72 ming gektardan ortiq maydonda qonunbuzilish holatlari aniqlanib, ularga nisbatan “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks”ning tegishli moddalariga asosan jazo choralari qo‘llanildi.

Mutaxassislarning aytishicha, ayrim fuqarolar o‘z ko‘chmas mulkiga bo‘lgan huquqini to‘la ta’minlash, ya’ni davlat kadastr ro‘yxatidan o‘tkazish majburiyatiga e’tiborsiz qaramoqda. Misol uchun, qirq besh tumandagi aholi tomorqalarida yo‘qlama olib borilganda, qariyb 106 ming xonadon tomorqadan tegishli hujjatlarni rasmiylashtirmasdan foydalanib kelayotganligi aniqlandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Moliya
O‘zbekistondagi eng faol banklar reytingi yangilandi. Nimalar o‘zgardi?
Mahalliy
Davletmurat Tajimuratov 16 yilga qamaldi, jurnalist Lolagul Qallixanova sud zalidan ozod qilindi 
Sport
Figurali uchish bo‘yicha O‘zbekistonning 10 karra chempioni Tatyana Malininaning 18 yoshli o‘g‘li AQSH chempioniga aylandi