Toshkentda Rossiyaning sobiq prezidenti Boris Nikoleyevich Yelsin nomidagi kutubxona elektron o‘quv zalining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb ma’lumot berdi “Noviy vek” gazetasiga “Rossotrudnichestvo”ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Valeriy Kayer.
V.Kayer so‘zlariga ko‘ra, endilikda o‘zbek kitobxonlari rus tili, Rossiya davlatchiligi hamda huquqiy nazariyalari bo‘yicha noyob nashrlardan erkin foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.
“Bu kutubxonanung tashkil etilishi o‘zbek olimlari, talabalar va boshqa Rossiya madaniyati va ilmiy ishlanmalari bilan qiziquvchilar uchun qulay imkoniyatdir”, — deb ta’kidladi Valeriy Kayer.
Tadbirda o‘zbek ilmiy doiralar vakillari, talaba va jurnalistlar ishtirok etdi.