Xonanda Munisa Rizayeva o‘zbek shou-biznesidagi o‘z reytingi avvalgidek emasligi haqidagi fikrlarni rad etdi. Bu haqda xonanda “Darakchi” gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qildi. Intervyu 9-iyun kuni Darakchi.uz saytida e’lon qilindi, deb yozadi “Kun”.
“Reytingimni to‘ylar bilan baholaydigan bo‘lganman. Har kuni xalq xizmatiga boraman. Demak, Munisa Rizayevaga talab bo‘lyapti, u o‘zgarmagan. Shunday ekan, reytingi tushgan, deyish noto‘g‘ri!”, — dedi Munisa Rizayeva.
2014-yil aprel oyida Munisa Rizayevaning turmushga chiqishi haqida xabar berilgan edi, may oyi boshida esa to‘y bekor qilingani ma’lum bo‘ldi.
Izoh (0)