Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“SOS — O‘zbekiston bolalar mahallalari” uyushmasi Xorazm viloyati filialida “Ijtimoiy zaif oilalar uchun mustahkam ijtimoiy tarmoq o‘rnatish” loyihasi doirasida oilaviy maslahat markazi ish boshladi. Bu haqda “Turkiston press” xabar berdi.

Xorazmdagi oilaviy maslahat markazida. Foto: O‘zA

Xorazmdagi oilaviy maslahat markazida. Foto: O‘zA

“SOS — O‘zbekiston bolalar mahallalari” uyushmasi, Xorazm viloyati hokimligi va O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi hamkorligida tashkil etilgan oilaviy maslahat markazi ijtimoiy zaif oilalarga ma’naviy, psixologik va yuridik xizmat ko‘rsatadi. Fuqarolarning ishga joylashishi va shaxsiy biznesini yo‘lga qo‘yishida yordam beradi. Bu yerda ko‘ngillilar uchun “Ota-onalar klubi” faoliyati ham yo‘lga qo‘yilgan.

— Yurtimizda har bir bola mehr va e’tiborda, — deydi markaz rahbari Inobat Shomuratova. — Markazimizda ota-onalarga ularning ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda farzand tarbiyasi bo‘yicha zarur maslahatlar berish, ota-onalik ko‘nikmasini oshirish haqida treninglar o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Bu esa kelgusida oilalar tinch-totuvligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Hozirgi kunda Urganch shahri va Shovot tumanidagi “SOS— bolalar mahallalari”da tarbiyalanayotgan bolajonlar uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Tashkilot xodimlari, pedagog va psixologlardan iborat oilalarni qo‘llab-quvvatlash guruhi nafaqat “SOS”oilalari, balki qishloq va mahallalardagi ijtimoiy zaif oilalarga ham har tomonlama ko‘mak bermoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
“Barselona” “Atletiko” futbolchisini xarid qilsa, Ansu Fati jamoadan ketishiga to‘g‘ri keladi 
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev transformator ishlab chiqaruvchi Aysel energy korxonasi faoliyati bilan tanishdi
Mahalliy
Toshkentdagi “Ippodromda” 2 bosh ot ochlikdan nobud bo‘ldi