Portugaliyaning Anadiya shahrida sport gimnastikasi bo‘yicha jahon kubogi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Yigirmaga yaqin davlatdan 100 nafarga yaqin sportchi ishtirok etgan nufuzli musobaqada o‘zbekistonliklar ikkita bronza medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Iqtidorli sportchi Asal Saparboyeva brusda mashq bajarishda 12,2 ball jamg‘argan bo‘lsa, Yelena Rega erkin mashq bajarishda 12,52 ball to‘pladi.
Izoh (0)