“Real” hujumchisi Krishtianu Ronaldu oyog‘idan olgan jarohatidan tuzaldi va Portugaliya terma jamoasi umumiy guruh mashg‘ulotlarida hech qanday cheklovsiz, to‘liq ishtirok etdi. Bu haqda Sports.ru’ga asoslanib Uff.uz xabar berdi.
Portugaliyaliklar sardori Irlandiyaga qarshi kechadigan o‘rtoqlik uchrashuvida ishtirok etishi kutilmoqda. Bu uchrashuv 10-iyunda bo‘lib o‘tadi.
Shuningdek, Raul Meyrelesh ham umumiy guruhga qaytdi. Hozircha faqat Pepe alohida mashg‘ulot o‘tamoqda, ammo u ham jahon chempionati o‘yinlariga qadar safga qaytishi kutilmoqda.
Izoh (0)