Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Nokia (Microsoft) o‘zining Android operatsion tizimida ishlaydigan navbatdagi smartfonini 20-iyunda taqdim etishi mumkin, deya xabar berdi Mail.ru. Bu galgi smartfon birvarakayiga ikkita — Android va Windows Phone operatsion tizimlarini o‘zida jamlaydi.

Foto: mail.ru

Foto: mail.ru

Yangi smartfonda “Uy” (Home) tugmasi paydo bo‘ladi (Nokia X/XL’da yo‘q), Microsoft foydalanuvchilar xohishini hisobga olib bunday qarorga keldi. Ayni paytda Nokia X2 prototiplari Hindistonda sinovdan o‘tkazilmoqda.

Qurilma Nokia X’dan arzonroq, shu bilan birga kuchliroq ham bo‘lishi kutilmoqda. Smartfon 4,3 dyuymli 800×480 pikselli displey, ikki yadroli Qualcomm Snapdragon 200 protsessori, 1 Gb tezkor, 4 Gb ichki xotira, 5 megapikselli asosiy kameraga ega bo‘ladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Bundesliga. “Bavariya” safarda g‘alaba qozondi va Germaniya chempioniga aylandi, “Borussiya D” o‘z maydonida “Mayns”ni yenga olmadi 
Dunyo
Yuk mashinasidan chiqqan natsistlar bayrog‘i, Buddaning tug‘ilgan kuniga atalgan ajdaho, model bo‘lgan chixuaxua — hafta suratlari
Mahalliy
Qamchiq dovonida tormozi ishlamay qolgan yuk mashinasi YTH sodir qildi