Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Lyuks telefonlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Vertu kompaniyasi Signature Touch modelini chiqardi. U iyul oyidan sotila boshlaydi. Bu haqda kompaniya rasmiy sayti xabar berdi.

Foto: vertu.com

Foto: vertu.com

Signature Touch Rossiyada 8 ming yevrodan sotiladi. Uning korpusi titandan ishlangan bo‘lib, charm qismlarga ega. Displey yoqutdan qilingan shisha bilan qoplangan, uning mustahkamligi olmos bilan tenglashadi.

Yangi smartfon 13 megapikselli matritsa va ikkitalik yorug‘lik diodli vspishka bilan jihozlangan. Unda firmaga tegishli servislar saqlanib qoldi. Bular Life — ko‘ngilochar tadbirlar jadvali va smartfondagi ma’lumotlar himoyasi uchun mo‘ljallangan Certainly servislaridir.

Avvalgi modellardan farqli ravishda, Signature Touch 4,7 dyumymli ekran, Qualcomm Snapdragon 800 to‘rt yadroli protsessori, 64 Gb ichki xotiraga ega. U Android 4.4 KitKat operatsion tizimida ishlaydi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Ekologik ofat”: Kaxovka GES portlashining beshta dahshatli oqibati
Kino
“Odamlarga insoniyatni qirib yuboruvchi kometadan qaysidir mashhur xonandaning ishqiy munosabati qiziqroq…” — “Tepaga qaramang” filmi haqida
Dunyo
Shimoliy Koreyada o‘z joniga qasd qiluvchilar soni ko‘paymoqda