“Sog‘lom bola yili” Davlat dasturi ijrosi doirasida Buxoro shahridagi sobiq “Buxoroteks” korxonasining profilaktoriy binosi tubdan rekonstruksiya qilinib, yoshlarga va mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga turarjoy sifatida topshirildi. 64 oilaga mo‘ljallangan turarjoyda barcha qulayliklar yaratilgan. Binoning birinchi qavatida oziq-ovqat do‘koni, novvoyxona, internet-klub, kiyimlarni tozalash xizmati faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Buxoro viloyati hokimligining tashabbusi bilan bir qator homiy tashkilotlar hamkorligida 32-mehribonlik uyining sobiq sakkiz nafar tarbiyalanuvchisining nikoh hamda kam ta’minlangan oilalar farzandlarining sunnat to‘ylari o‘tkazib berildi. Yosh oilalarga homiylar tomonidan uy-ro‘zg‘or buyumlari, maishiy texnikalardan iborat sovg‘alar hadya qilindi.
– Kogon sanoat va transport kasb-hunar kollejida o‘qib, kasbli bo‘ldim. Ayni paytda Buxoro shahridagi qurilish tashkilotlaridan birida ishlamoqdaman. Bugun hayotimdagi eng baxtli kunlarimdan biri. Ham oila qurdim, ham uyli bo‘ldim, – deydi 32-mehribonlik uyining sobiq tarbiyalanuvchisi Mardon Majidov.
Izoh (0)