Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Pokiston shimolidagi avtobus halokati natijasida kamida 16 kishi halok bo‘ldi. Agence France-Presse xabariga ko‘ra, halok bo‘lganlarning 10 nafarini bolalar tashkil qiladi.

Foto: mchs.gov.ru

Foto: mchs.gov.ru

“Kun”ning qayd etishicha, halokat erta tongda sodir bo‘lgan. Avtobus yo‘ldan chiqib ketib, yo‘l chetida ag‘darilib ketgan.

“16 kishi halok bo‘lgan, ulardan 10 nafari bolalar va besh nafari ayollardir. Hozircha avariya sabablari ma’lum emas. Boshqaruv vaqtida haydovchining uxlab qolgan bo‘lishi ehtimoli ham yo‘q emas”, – dedi mahalliy ma’muriyat vakili.

Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasi natijasida yana yetti kishi turli darajada tan jarohati ham olgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Turkmaniston O‘zbekistonga tekinga gaz yetkazib beradi 
Mahalliy
Toshkentda ko‘prik ustidagi “Gazel” yonib ketdi (video)
Biznes
Rossiyadan Osiyoga ko‘mir eksporti narxi oshgani ma’lum qilindi