27-may kuni O‘zbekiston Kubogi doirasida “Andijon” va “Nasaf” klublari o‘rtasida nimchorak final uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Uff.uz xabar berdi.
Aslida bu uchrashuv 28-mayda bo‘lib o‘tishi kerak edi. “Andijon” va “Nasaf” klublari o‘rtasida O‘zbekiston chempionati va O‘zbekiston Kubogi uchrashuvlari ketma-ket o‘tkazilgani tufayli, PFL nimchorak finaldagi o‘yinni 26-mayga ko‘chirgan edi.
Ammo bugun Andijondagi “Sog‘lom avlod” stadionida Ozodbek Nazarbekovning konserti o‘tkazilishi tufayli “Andijon” va “Nasaf” o‘rtasidagi uchrashuv vaqtini yana surishga to‘g‘ri keldi. Bu uchrashuv ertaga o‘tkaziladigan bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, bugun “Nasaf” futbolchilari Andijonga yo‘l olgan.
Izoh (0)