Toshkentda 9-mayga bag‘ishlangan ko‘rgazma tashkil etildi
O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Markaziy ko‘rgazmalar zalida 9-may – Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlab badiiy ko‘rgazma tashkil etildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Ko‘rgazmadan o‘rin olgan barcha asarlar farovon turmush manzaralarini o‘zida mujassam etgan. Yoshi, millatidan qat’i nazar, barcha musavvirlarning kartinalarida tinch, to‘kin va farovon hayot aks ettirilgan.
– Mamlakatimizda 9-may – Xotira va qadrlash kuni keng nishonlanayotgan shu kunlarda har bir yurtdoshimiz Vatan taqdiri, uning kelajagi yo‘lida doimo ogoh bo‘lib yashash muqaddas burch ekanini dildan his etmoqda, – deydi O‘zbekiston xalq rassomi Alisher Mirzayev. – Ko‘rgazmadan o‘rin olgan asarlar inson aziz, xotirasi muqaddas ekanini yodda saqlashga undaydi.