Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQSh Kongressi vakillari palatasi Yuridik qo‘mitasi amerikaliklarning telefondagi so‘zlashuvlarini yashirincha eshitish va shaxsiy ma’lumotlarni qo‘lga kiritishni taqiqlovchi qonun loyihasini tasdiqladi. Bu haqda Reuters agentligi xabar qildi.

Foto: interpolit.ru

Foto: interpolit.ru

Qo‘mita bir ovozdan qonun loyihasini ma’qullagan. Endilikda hujjat Kongressga ko‘rib chiqish uchun taqdim etiladi.

Qonunga muvofiq, bundan keyin maxsus xizmatlar sudning jiddiy sabab asosida bergan orderidan so‘ng telefondagi so‘zlashuvlarni kuzatib borishi mumkin. Bundan tashqari, order faqatgina olib borilayotgan jinoiy ish doirasida beriladi.

Qonun loyihasi telekommunikatsiya va texnologiya kompaniyalariga maxsus xizmatlarning mijozlar va foydalanuvchilar haqidagi so‘rovlari hisobotini yarim yilda bir marta oshkor qilish imkonini beradi.

Eslatib o‘tamiz, 2013-yilda Amerika maxsus xizmatlarining sobiq xodimi Edvard Snouden AQShning Milliy xavfsizlik agentligi keng ko‘lamda telefondagi so‘zlashuvlarni yashirincha eshitayotganini va internet foydalanuvchilarining shaxsiy ma’lumotlarini to‘plab borayotganini e’lon qilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Moliya
O‘zbekistondagi eng faol banklar reytingi yangilandi. Nimalar o‘zgardi?
Mahalliy
Davletmurat Tajimuratov 16 yilga qamaldi, jurnalist Lolagul Qallixanova sud zalidan ozod qilindi 
Sport
Figurali uchish bo‘yicha O‘zbekistonning 10 karra chempioni Tatyana Malininaning 18 yoshli o‘g‘li AQSH chempioniga aylandi