Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovga 1941—1945-yillar urushida qozonilgan G‘alabaning 69-yilligi munosabati bilan tabrik yubordi. Tabrik matni O‘zA tomonidan e’lon qilindi.

Vladimir Putin. Foto: s-nbcnews.com

Vladimir Putin. Foto: s-nbcnews.com

“Xalqlarimiz fashizmga qarshi yelkama-yelka qahramonona jang qilgan va behisob qurbonliklar evaziga o‘zlarining hayotini, erkinligini va munosib kelajagini himoya qilgan. Biz millionlab qurbonlar xotirasiga ta’zim qilamiz va mislsiz janglardan omon chiqib, bizni tinchlikni asrab-avaylashga, qadriga yetishga da’vat etgan ota-bobolarimizning jasoratiga hamisha yuksak ehtirom ko‘rsatamiz”, — deyiladi tabrikda.

“Buyuk G‘alaba yodi bugun ham mamlakatlarimiz xalqlarini birlashtirmoqda. Biz bu yil 10-yilligini nishonlaydigan Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi Strategik sheriklik to‘g‘risidagi shartnoma buning yorqin tasdig‘idir. Ishonchim komilki, Rossiya va O‘zbekiston aloqalarining yanada mustahkamlanishi Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiladi”, — deb ta’kidlanadi tabrikda.

“Muhtaram Islom Abdug‘aniyevich, O‘zbekistonda yashayotgan Ulug‘ Vatan urushi faxriylariga minnatdorligim va eng samimiy tabriklarimni, butun O‘zbekiston xalqiga tinchlik va farovonlik tilab bildirgan ezgu tilaklarimni qabul qilgaysiz”, — deya ta’kidlagan Vladimir Putin o‘z tabrigida.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
The Best sovriniga da’vogar darvozabonlar yakuniy uchligi ma’lum bo‘ldi
Dunyo
Granatomyot zarbidan omon qolgan Gruziya prezidenti Shevardnadze, kommunistlarga qarshi ov boshlagan Makkarti va halokatga uchragan “Tu-104”. Kun xronologiyasida 9...
Mahalliy
O‘zbekistonlik qutqaruvchilar Turkiyada yana ikki kishining hayotini saqlab qoldi