Germaniyaning Gannover shahrida paralimpiyachilar o‘rtasida o‘q otish bo‘yicha xalqaro turnir o‘tkazildi. Unda 2014-yilning 18—24-oktabr kunlari Janubiy Koreyaning Incheon shahrida o‘tkaziladigan ParaOsiyo o‘yinlari litsenziyalari ham o‘ynaldi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.
O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Server Ibragimov to‘pponchadan o‘q otish bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada 551 ball jamg‘arib, 1886 nafar sportchi orasida kuchli oltilikdan o‘rin egalladi. Ushbu natija Server Ibragimovga ParaOsiyo o‘yinlarida hamda Germaniyaning Shul shahrida o‘tkaziladigan jahon chempionatida qatnashish huquqini berdi.
Shu tariqa, joriy yil Incheon shahrida o‘tkaziladigan ParaOsiyo o‘yinlariga yo‘llanmalarni qo‘lga kiritgan sportchilar soni 11 nafarga yetdi.
Quyida ParaOsiyo o‘yinlarida qatnashish huquqini qo‘lga kiritgan o‘zbekistonlik sportchilar ro‘yxati berilgan:
- Kirill Pankov – suzish
- Doniyor Soliyev – yengil atletika
- Husniddin Norbekov – yengil atletika
- Miran Saxatov – yengil atletika
- Farrux Mirzaqulov – yengil atletika
- Yoqutxon Xolbekova – yengil atletika
- Faxriddin Hamroyev – yengil atletika
- Ubaydulla Imomqulov – yengil atletika
- Iskandar Tursunboyev – pauerlifting
- Farhod Umrzoqov – pauerlifting
- Server Ibragimov – o‘q otish