5-mayga o‘tar kechasi AQShning Rod-Aylend shtati sirkidagi namoyish chog‘ida sakkiz nafar akrobat qiz o‘n metr balandlikdan qulab tushdi. Bunga singan sahna uskunasi sabab bo‘ldi. Natijada akrobatlardan tashqari yana bir sirk artisti jarohatlandi. Bu haqda Interfax xabar berdi.
Akrobatlar shifoxonaga yotqizilgan, ularning barchasiga turli sinish tashxislari qo‘yilgan.
Sirkning ushbu sonida maxsus konstruksiya qizlarni sochlaridan ushlab, yuqoriga ko‘tarishi kerak edi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu konstruksiya biriktirilgan zanjir uzilib ketgan va qizlar sahnada qolgan to‘qqizinchi ishtirokchi ustiga qulab tushgan.
Guvohlarning so‘lariga ko‘ra, voqealar tomoshabinlar vahimasiga sabab bo‘lgan. Sirk rahbariyati namoyishni to‘xtatib, odamlarni evakuatsiya qilgan. Shu kuni sirkka to‘rt ming kishi tashrif buyurgan.
Politsiyaning ta’kidlashicha, namoyish tashkilotchilari uskunaning nosozligi bo‘yicha javob beradi. Biroq sirkdagilar uskunadan foydalanish uchun ruxsatnoma borligini, zanjir ham, uskuna ham har namoyish oldidan tekshirilishini ma’lum qilgan.
Izoh (0)