Yaponiyaning Hitachi Ltd kompaniyasi Xitoyning Guanchjou shahridagi 111 qavatli binoga dunyodagi eng tez harakatlanuvchi lift o‘rnatadi, deb xabar beradi NHK telekanali ma’lumotiga tayanib “Xalq so‘zi” gazetasi.
Ushbu inshootning balandligi 530 metrga teng bo‘lib, 2016-yilda moliyaviy markaz sifatida foydalanishga topshiriladi. Unga joylashtiriladigan lift soatiga 72 kilometr tezlik bilan harakatlanadi. Masalan, 1-qavatdan 95-qavatga ko‘tarilish uchun 43 soniya kifoya qilar ekan.
Hozircha eng tez lift Tayvanda bo‘lib, u soatiga 60,6 kilometr tezlikda yuradi.
Izoh (0)