• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston Toshkent sh.

    Toshkentda ekologiya mas’ullarini qo‘shib yozishga majburlagan IIB va prokuratura xodimlari ishi poytaxt bosh prokurori nazoratiga olindi

    Ekologiya vaziri maslahatchisi, jamoatchilik faoli Rasul Kusherbayev poytaxtda tuman ekologiya bo‘limi mas’ullari IIB xodimlari hamda prokuratura organi tomonidan qo‘shib yozishga majburlanayotgani, buni bajarmagan mas’ullar 10 soatlab IIB binosida noqonuniy ushlab turilganini xabar qilgandi. Toshkent shahar prokuraturasi axborot xizmati rahbari Xurshida Rahmonovaning “Daryo”ga bildirishicha, holat Toshkent shahar prokurori Erkin Yo‘ldoshev nazoratiga olingan. 

    Voqea haqida xabar berilgach, shu zahoti bu haqda shahar prokuroriga ma’lumot kiritdik. Holat prokuror nazoratiga olindi va o‘rganish jarayonida, — deydi poytaxt prokuraturasi axborot xizmati rahbari Xurshida Rahmonova. 

    Vazir maslahatchisiga ko‘ra, qo‘shib yozishga majburlanganlardan biri — Yakkasaroy tumani ekologiya bo‘limi boshlig‘i Kamoliddin Bekturganov 2024-yilning 29-mart kuni tungi soat 03:00 da Ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan uyidan olib ketilib, ekilmagan daraxtlarni “Yashil makon” platformasiga kiritib, tasdiqlashi talab qilingan. U chamasi 10 soatlar ichki ishlar xodimlari tomonidan noqonuniy ushlab turilgan.

    “Daryo” jurnalisti bilan suhbatda bo‘lgan Yakkasaroy tuman Ekologiya bo‘limi boshlig‘i Kamoliddin Bekturganov haqiqatan ham o‘sha kuni ekilmagan ko‘chatlarni ekildi deb tasdiqlashga majburlanganini aytdi. 

    Shu ish bo‘yicha hozir Toshkent shahar prokuraturasiga ham chaqirilganmiz. Keldik, — deydi poytaxt prokuraturasiga chaqirilganini aytgan tuman ekologiyasi boshlig‘i. 

    Toshkent shahar IIBB axborot xizmati mas’ullari “Daryo”ning bu haqdagi savoliga javob berar ekan, Toshkent shahar IIBB rahbariyati bunday holatni bilsa, albatta, bunga yetarlicha javob berishini aytib, holatni o‘rganishini va tez orada batafsil ma’lumot berishini bildirdi.

    Kusherbayevning bildirishicha, belgilangan reja bo‘yicha Toshkent shahrida bahor mavsumida 600 ming dona ko‘chat ekilishi kerak. 

    Tartibga ko‘ra, ekilgan ko‘chatlar tuman hokimliklaridagi shtablar tomonidan “Yashil makon” platformasiga kiritiladi. So‘ngra bu ma’lumot tuman ekologiya bo‘limi xodimlari tomonidan joyiga borib tekshirilgach, tasdiqlanadi. O‘tgan vaqtda poytaxtda “Yashil makon” platformasiga kiritilib, haqiqatda ekilmagan 41 mingdan ortiq ko‘chatlarni ekologiya xodimlari tasdiqlashmagan. Bu esa tuman hokimliklari, IIB va prokuratura tomonidan ekologiya xodimlariga bosim o‘tkazilishiga olib kelgan, — deydi Rasul Kusherbayev. 

    Vazirlik mas’uliga ko‘ra, Uchtepa tumani hokimligi esa tuman Ekologiya bo‘limi xodimlarini ofisiga kiritmay, ularga bosim ham o‘tkazgan.

    “Daryo” jurnalisti bilan suhbatlashgan Uchtepa tuman Ekologiya bo‘limi boshlig‘i O‘ktam O‘tkirov mehnat ta’tilida bo‘lgani bois bu voqeadan xabari yo‘qligini, xodimlariga bosim bo‘lgan yoki bo‘lmaganidan bexabar ekanini aytdi. 

    O‘ktam O‘tkirov tuman Ekologiya bo‘limi hokimiyat balansidagi binolarning biridan qo‘nim topganini, xodimlari o‘sha yerda faoliyat yuritishini tasdiqladi. Uchtepa tumani hokimligi axborot xizmati rahbari To‘ra To‘rayev esa voqeani batafsil o‘rgangach, ma’lumot berishini qo‘shimcha qildi. 

    Vazir maslahatchisining yozishicha, ekologlarga qo‘shib yozish haqida topshiriq berganlar orasida prokuratura xodimlari ham bor. 

    30-mart kuni kunduzgi soat 10:00 da Shayxontohur tuman Ekologiya bo‘limi boshlig‘i X.Mirahmedov chamasi uch soatlar tuman prokuraturasida noqonuniy ushlab turilib, ekilmagan daraxtlarni “Yashil makon” platformasiga kiritish hamda tasdiqlash talab qilingan, — deydi Rasul Kusherbayev. 

    Tahririyat Shayxontohur tuman Ekologiya bo‘limi mas’ulini topolmadi. Undan qo‘shimcha ma’lumot olish imkoni bo‘lmadi. 

    “Daryo” voqealar rivojini kuzatishda davom etadi.

    17.04.2024, 18:10   Izoh (0)   11017
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Jamoatchilik ekologiya nazoratchisining huquq va majburiyatlari belgilandi

    27.02.2024, 20:00

    Ekologiya vazirligi “Mening bog‘im” loyihasini ishga tushiradi. Bunga 50 mlrd so‘m ajratiladi

    29.03.2024, 11:13

    Ekologiya vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

    01.04.2024, 20:40

    Toshkentda o‘zgaga imtiyozli uy-joy olib berishni vaʼda qilgan shaxs ushlandi

    17.04.2024, 17:50

    Farg‘onada qidiruvdagi jinoyatchi qo‘lga olindi 

    17.04.2024, 17:07

    Dushanbe shahrida O‘zbekiston-Tojikiston investitsiya biznes-forumi bo‘lib o‘tdi (foto)

    17.04.2024, 16:36
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Sun’iy intellekt yordamida 1 yil oldin bedarak yo‘qolgan sayyoh jasadi topildi

    Dunyo | 8 avgust, 13:45

    Beeline kunlik abonent to‘lovi bo‘yicha Raqobat qo‘mitasi ko‘rsatmasini bajardi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 13:22

    Oltin narxi yangi tarixiy rekord o‘rnatdi

    Dunyo | 8 avgust, 13:10

    Xitoyda kosmik raketa sinov paytida qulab tushdi — OAV

    Dunyo | 8 avgust, 12:59

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    Dunyo | 8 avgust, 12:54

    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling!

    Reklama | 8 avgust, 12:07

    Dunyodagi yagona bo‘lgan oq Ferrari 250 GTO avtomobili auksionga qo‘yildi (foto)

    Avto | 8 avgust, 12:43

    O‘zbekistonning oltin zaxirasi qiymati rekord darajada oshdi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 12:38
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.