• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12618.63
    • RUB160.83
    • EUR14516.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Iqtisodiyot

    O‘zbekistonda inflyatsiya yana ko‘tarildi

    O‘tgan oyda yillik inflyatsiya 0,2 foizga ko‘tarilgan. Bunga ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari, transport va yonilg‘i narxlari tez o‘sgani sabab bo‘lgan.

    Infografika: “Daryo” / Dilbek To‘rayev

    2025-yil fevralda O‘zbekistondagi isteʼmol narxlari indeksi (inflyatsiya) oylik 0,5 foizni, yillik 10,1 foizni tashkil etdi.

    Narxlar yil boshidan beri ketma-ket ikki oy davomida 2024-yilning mos davridagiga qaraganda yuqoriroq o‘sdi. Taqqoslash uchun, o‘tgan yilning fevralida mamlakatda oylik 0,3 foiz, yillik 8,3 foiz inflyatsiya kuzatilgan.

    Fevralda oziq-ovqat mahsulotlari narxi yanvardagidan 0,6 foizga, nooziq-ovqatlar 0,3 foizga, xizmatlar 0,8 foizga qimmatlashgan.

    O‘tgan oyda quyidagi doimiy isteʼmoldagi oziq-ovqatlar narxlari inflyatsiyadan yuqori darajada oshgan:

    • Pomidor — 30,1 foiz;
    • Bodring — 17,3 foiz;
    • Mol go‘shti — 2,8 foiz;
    • Qo‘y go‘shti — 2,4 foiz;
    • Sabzi — 2,4 foiz.  

    Bir oy davomida sut 0,4 foiz, kungaboqar yog‘i 0,4 foiz, olma 1,4 foiz, limon 4,1 foiz, karam 17,8 foiz, bulg‘or qalampiri 9,2 foiz, piyoz 0,3 foiz qimmatlashgan.

    Shu bilan birga, fevralda issiq suv taʼminoti 0,4 foiz, dori vositalari va tibbiyot mahsulotlari 0,8 foizga oshgan. Benzin 0,2 foiz, propan 4,3 foiz, havo yo‘lovchi transporti xizmati 22,4 foiz, taksilar 0,9 foiz, temiryo‘l transporti 4,5 foiz qimmatlashgan.

    Xususiy bog‘chalar xizmati narxi ham 0,9 foizga, repetitorlar 0,5 foizga, o‘quv kurslari narxi 0,1 foizga ko‘tarilgan.

    Targetga yetish qiyinmi?

    Markaziy bank 2024-yil yakunida O‘zbekistonda inflyatsiya darajasi dastlab 9 foiz, keyin 9,5 foiz bo‘lishini prognoz qilgandi. Biroq yil so‘ngida inflyatsiya 9,8 foiz shakllandi. 

    2019-yildagi prezident farmonida Markaziy bankka inflyatsiyani 2021-yilda 10 foizga pasaytirish, 2023-yilda esa 5 foiz darajadagi doimiy inflyatsion maqsadni (target) o‘rnatish topshirilgan. Biroq bu maqsadga haligacha yetilgani yo‘q.

    Bugungacha inflyatsiya targetlari bir necha marta o‘zgartirildi. Xususan, 2020-yilda 5 foizlik target ko‘rsatkichiga erishish muddati 2023-yilga, 2022-yildagi maqsad 2024-yil oxiriga, o‘tgan yili esa bu muddat 2025-yil ikkinchi yarmiga ko‘chirilgan.

    So‘nggi prognozlarga ko‘ra, 5 foizlik inflyatsiya darajasiga 2026-yilning ikkinchi yarmida erishish kutilmoqda.

    Joriy yil yakunigacha inflyatsiya darajasi 7-8 foizga tushishi prognoz qilingan. Ammo aprelda mamlakatda energiya tariflari, shuningdek, yil yakunigacha kommunal xizmatlar va avtomobillar uchun yonilg‘i narxlari sezilarli oshirilishi belgilangan. Bu kabi fiskal bosimlar inflyatsion targetga erishish davrini uzaytirishi mumkin. 

    3 mart, 17:05   Izoh (0)   7800
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #inflyatsiya

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Valyuta kursi 1 foiz qadrsizlansa, inflyatsiya 0,4 foizgacha oshishi mumkin” — Mamarizo Nurmurodov

    03.11.2024, 18:02

    “Inflyatsiya — kambag‘alga soliq”. Narxlar oshishi xalq cho‘ntagiga qanday taʼsir qiladi?

    07.12.2024, 16:40

    O‘tgan yili inflyatsiya nega kutilganidan baland bo‘ldi? Markaziy bank raisi javob berdi 

    28 yanvar, 16:29

    Bog‘chaga to‘lov, “prava”ga o‘qish qimmatlashdi. O‘zbekistonda inflyatsiya qanday o‘zgardi?

    9 fevral, 17:31

    1999-yilgi 100 ming so‘m hozir 1,2 mln so‘mga teng. Markaziy bank inflyatsiya kalkulyatorini ishga tushirdi

    28 fevral, 13:42
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10

    Eron–Isroil qarama-qarshiligi: urush bosqichma-bosqich qanday avj oldi?

    16 iyun, 14:38
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Hayao Miyazaki tomonidan yaratilmagan Studio Ghibli’ning ajoyib animelari (treyler)

    Layfstayl | 19 iyun, 15:10

    “Qancha mablag‘ kerak bo‘lsa, topamiz”: prezident Shahrisabzdagi innovatsion klinikani boshqa hududlarda ham tashkil etish haqida

    O‘zbekiston | 19 iyun, 14:54

    Fors ko‘rfazi davlatlari Eron—Isroil yadroviy harakatlari ehtimolidan xavotirda

    Dunyo | 19 iyun, 14:45

    Hindiston va Kanada munosabatlari qayta tiklandi

    Dunyo | 19 iyun, 14:25

    Serxio Ramos Klublar o‘rtasidagi JCHning asosiy favoritini aytdi

    Sport | 19 iyun, 14:00

    AQSH razvedkasi Eron yadroviy qurol yaratayotganiga dalillar topmadi

    Dunyo | 19 iyun, 13:56

    Putin: “Zelenskiy bilan uchrashishga tayyorman” (video)

    Dunyo | 19 iyun, 13:44
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.