• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo Layfstayl Salomatlik

    Xitoyda vazn tashlagan xodimlarga pul beriladi

    Xitoydagi kompaniyalardan biri vazn yo‘qotgan xodimlarga har bir tashlangan 500 gramm uchun 500 yuan (taxminan 70 dollar) to‘laydi. Bu haqda Shanghai City News Service xabar berdi.

    Illysutrativ foto:
    Illysutrativ foto: ChatGPT

    Tashabbus Insta360 kameralar ishlab chiqaruvchi kompaniyaga tegishli. Ular xodimlar uchun “Oz va pul top” nomli chellenjni yo‘lga qo‘ygan. Biroq qoidaga ko‘ra, vazn orttirgan xodimlar kompaniyaga pul to‘laydi. Har bir ortgan 500 gramm uchun 800 yuan (112 dollar) undiriladi.

    Aksiyada 99 nafar xodim ishtirok etib, jami 950 kilogramm vazn yo‘qotgan. Ular umumiy 1 million yuan (139 ming dollar) mukofot olgan. Hech kim jarimaga tortilmagan.

    Insta360 vakillarining ta’kidlashicha, loyiha sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish, xodimlarda hayot hamda ishga ijobiy munosabatni shakllantirishga qaratilgan. Tashabbus ijtimoiy tarmoqlarda katta qiziqish uyg‘otgan. Ko‘plab foydalanuvchilar o‘z kompaniyalarini ham shunday amaliyotni joriy etishga chaqirgan.

    Bungacha Guandun provinsiyasidagi oziq-ovqat qo‘shimchalari ishlab chiqaruvchi Wonderlab kompaniyasi ham bir oylik vazn yo‘qotish tanlovini o‘tkazgan edi. Unda 224 xodim jami 750 kilogramm vazn yo‘qotib, 171 ming yuanni (23,8 ming dollar) bo‘lib olgan. Rekord o‘rnatgan ishtirokchi esa 16,4 kilogramm vazn tashlab, 7600 yuan (1059 dollar) ishlab topgan.

    Bu kabi dasturlar Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasining vaznni ilmiy nazorat qilish va semirishga qarshi kurash bo‘yicha 3 yillik rejasiga mos keladi. Milliy tadqiqotlarga ko‘ra, 2023-yilda Xitoyda katta yoshlilarning 57 foizida ortiqcha vazn yoki semizlik kuzatilgan. Bu ko‘rsatkich 2018-yilda 51 foiz, 2013-yilda esa 46 foiz bo‘lgan edi.

    Agar samarali choralar ko‘rilmasa, 2030-yilga kelib ortiqcha vazn va semizlik darajasi kattalar orasida 65 foizga yetishi, semizlik bilan bog‘liq sog‘liqni saqlash xarajatlari esa 418 milliard yuanga teng bo‘lishi mumkin. Bu Xitoyning umumiy sog‘liqni saqlash xarajatlarining 22 foizini tashkil etadi.

    15 avgust, 11:23   Izoh (0)   815
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    16 avgust, 23:46
    Audio Icon

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    16 avgust, 21:27
    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Gretsiyada 273 nafar yo‘lovchi bo‘lgan samolyot dvigateli yonib ketdi (video)

    Dunyo | 17 avgust, 23:32

    Zelenskiy: Ukraina Konstitutsiyasi “yer bilan savdolashishga” yo‘l qo‘ymaydi

    Dunyo | 17 avgust, 22:50

    Kuvaytda alkogoldan 23 kishi vafot etdi

    Dunyo | 17 avgust, 22:15

    “Rossiya Ukrainaning 5 ta viloyati bo‘yicha yon berdi” — Uitkoff

    Dunyo | 17 avgust, 21:10

    Afg‘oniston va O‘zbekiston 243 mln dollarlik energetika shartnomasini imzoladi

    O‘zbekiston | 17 avgust, 20:15

    Xitoyda qizning qornidan 2 kg soch to‘plami olib tashlandi

    Dunyo | 17 avgust, 19:30

    Tramp Putinning butun Donbassni egallash talabini qo‘llab-quvvatladi — OAV

    Dunyo | 17 avgust, 18:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.