• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda kreditni to‘lashda qiynalayotganlarga yengillik yaratiladi

    O‘zbekistonda o‘z vaqtida kredit to‘lovlarini amalga oshirishga qiynalayotgan shaxslarga yengillik yaratilishi kutilmoqda.

    Illyustrativ foto: ChatGPT

    Markaziy bank tomonidan bank xizmatlari iste’molchilari bilan o‘zaro munosabatlarni amalga oshirishdagi minimal talablar to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish rejalashtirilgan. Tegishli qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi.

    Unda banklarga moliyaviy qiyinchiliklar va murakkab hayotiy vaziyatlarga tushib qolgan, shuningdek, fors-major holatlari tufayli o‘z vaqtida kredit to‘lovlarini amalga oshirishga qiynalayotgan qarz oluvchilarning amaldagi kreditlari bo‘yicha shartnoma shartlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish (restrukturizatsiya) imkoniyatlari borasidagi arizalarini ko‘rib chiqish yuzasidan ichki tartibga ega bo‘lishi talabi qo‘yilmoqda. Bu tartibni bankning rasmiy veb-saytida e’lon qilish majburiyati yuklanadi.

    Mazkur ichki tartib kamida quyidagilarni o‘z ichiga qamrab olishi lozim:

    • kredit shartnomasi shartlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish (restrukturizatsiya) bilan bog‘liq holatlar;
    • kredit shartnomasi shartlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishga (restrukturizatsiyaga) asos bo‘ladigan moliyaviy qiyinchiliklar, murakkab hayotiy vaziyatlar va fors-major holatlari ro‘yxati;
    • arizalarni qabul qilish, ro‘yxatga olish tartibi va zarur hujjatlar ro‘yxati;
    • arizani ko‘rib chiqish muddatlari;
    • qabul qilingan arizalarni ko‘rib chiqish va baholash mezonlari;
    • ariza bo‘yicha bank tomonidan qabul qilingan qaror haqida qarz oluvchiga xabar berish muddati;
    • ariza qanoatlantirilganda kredit shartnomasi va uning ilovalariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish tartibi;
    • arizani qanotlantirishni rad etish bo‘yicha qaror qabul qilinganda, bu to‘g‘risida asoslantirilgan holda arizachiga xabar berish.

    Bunda, bankning ushbu ichki tartibida homiladorlik va tug‘ish taʼtilini olgan ayollarning amaldagi kreditlari bo‘yicha to‘lovlar muddatini 10 oygacha uzaytirish borasidagi arizalarini ko‘rib chiqish borasidagi qoidalar majburiy tarzda aks ettirilishi lozim.

    Loyiha bilan banklar tomonidan kredit shartnomasi rasmiylashtirilgunga qadar qarz oluvchi jismoniy shaxslarga kredit majburiyatlari va ehtimoliy tavakkalchiliklar haqida oldindan ma’lumot berish uchun standart chek-list shaklini joriy etish ko‘zda tutilmoqda.

    Fuqaro kredit shartnomasini rasmiylashtirilishidan avval, chek-listni diqqat bilan o‘qib chiqishi va har bir bandni tushunganini tasdiqlashi kerak. Qayd etilishicha, bu kelgusida kutilmagan moliyaviy qiyinchiliklardan saqlanish uchun xizmat qilishi mumkin.

    Kredit rasmiylashtirishdan oldin to‘ldiriladigan chek-listda to‘rtta shart tushuntirishlar bilan sanab o‘tiladi:

    • kredit — bu xarajat;
    • kreditni qaytarish jadvalini diqqat bilan o‘rganib chiqdim;
    • daromadlarim kredit to‘lovlarini to‘lash imkonini beradi;
    • kredit to‘lovlarini kechiktirish oqibatlaridan xabardorman.

    Mazkur chek-list bank muassasasida kredit rasmiylashtirilayotganda — qog‘oz shaklida qarz oluvchiga taqdim etiladi. Qarz oluvchi chek-listdagi har bir bandni o‘qib tanishganini maxsus belgi bilan belgilaydi hamda chek-listni qo‘lda imzo qo‘yib tasdiqlaydi. Masofaviy xizmat ko‘rsatish tizimlari orqali kredit rasmiylashtirilayotganda esa qarz oluvchi chek-listdagi har bir bandni o‘qib tanishganini maxsus elektron belgi bilan belgilaydi hamda chek-listni tasdiqlash tugmasini bosadi.

    Shuningdek, iste’molchilarga arizada ko‘rsatilgan miqdordan ortiq kredit taklif qilish orqali uni olishga undash, davlat tomonidan beriladigan ijtimoiy nafaqa va yordam mablag‘larini kredit qarzdorligiga yo‘naltirish hamda to‘lov muddati kelmasdan oldin kredit to‘lovini talab qilish taqiqlanadi.

    15 avgust, 15:01   Izoh (0)   4035
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    16 avgust, 23:46
    Audio Icon

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    16 avgust, 21:27
    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Gretsiyada 273 nafar yo‘lovchi bo‘lgan samolyot dvigateli yonib ketdi (video)

    Dunyo | 17 avgust, 23:32

    Zelenskiy: Ukraina Konstitutsiyasi “yer bilan savdolashishga” yo‘l qo‘ymaydi

    Dunyo | 17 avgust, 22:50

    Kuvaytda alkogoldan 23 kishi vafot etdi

    Dunyo | 17 avgust, 22:15

    “Rossiya Ukrainaning 5 ta viloyati bo‘yicha yon berdi” — Uitkoff

    Dunyo | 17 avgust, 21:10

    Afg‘oniston va O‘zbekiston 243 mln dollarlik energetika shartnomasini imzoladi

    O‘zbekiston | 17 avgust, 20:15

    Xitoyda qizning qornidan 2 kg soch to‘plami olib tashlandi

    Dunyo | 17 avgust, 19:30

    Tramp Putinning butun Donbassni egallash talabini qo‘llab-quvvatladi — OAV

    Dunyo | 17 avgust, 18:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.