2,6 mlrd so‘mlik davlat xaridi qonunchilikka zid tarzda o‘tkazilishining oldi olindi, deb xabar bermoqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi.

Unga ko‘ra, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan davlat buyurtmachisi 2,6 mlrd so‘mlik davlat xaridida qonunbuzilishiga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.
“Temiryo‘linfratuzilma” AJ buyurtmachiligida jami 2,6 mlrd so‘mlik “ta’mirlash xizmatlari ko‘rsatish” yuzasidan o‘tkazilgan davlat xaridida “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonunning qator talablariga zid ravishda o‘zaro affillangan shaxslar ishtirok etgan.
Qayd etilgan holat yuzasidan agentlikning taqdimnomasi asosida xarid komissiyasining g‘olibni aniqlash haqidagi bayonnomalari bekor qilinib, noqonuniy davlat xaridining oldi olindi.
O‘rganish va tahlillar jarayonida to‘plangan hujjatlar qonuniy chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
O‘zbekistonda 21 mlrd so‘mlik 18 ta davlat xaridi qonunchilikka zid tarzda o‘tkazilishining oldi olingan edi.
Vodiy viloyatlari hamda shahar va tumanlari hokimliklari, shuningdek, mahalliy kengashlar tomonidan 2025-yilning 1-yanvaridan 31-yanvar kuniga qadar “E-qaror” platformasi orqali jami 3 435 ta hujjat imzolangan.
Eng ko‘p hujjat Namangan viloyatiga tegishli bo‘lib, oy davomida hokimlik va kengashlar tomonidan 1 311 ta qaror va farmoyish qabul qilingan. Farg‘ona viloyatida esa 1 302 ta, Andijon viloyati hokimliklari tomonidan esa qo‘shni viloyatdagi hamkasblariga nisbatan ancha oz, 822 ta hujjat imzolangan.
Izoh (0)