• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12705.79
    • RUB159.2
    • EUR14704.41
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekiston prezidenti yangi tayinlangan xorijiy elchilardan ishonch yorliqlarini qabul qildi (foto)

    O‘zbekiston prezidenti 20-sentyabr kuni yangi tayinlangan elchilarning ishonch yorliqlarini qabul qildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Prezident matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, tantanali marosimida Shavkat Mirziyoyev Hindiston elchisi Smita Pant, Janubiy Koreya elchisi Von Do Yon, Mongoliya elchisi Daadanxuu Batbaatar, Germaniya elchisi Manfred Xuterer, Isroil elchisi Gideon Lustig va Yevropa Ittifoqi elchisi Toyvo Klaardan ishonch yorliqlarini qabul qildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati
    Foto: Prezident matbuot xizmati
    Foto: Prezident matbuot xizmati
    Foto: Prezident matbuot xizmati
    Foto: Prezident matbuot xizmati
    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Davlat rahbari xorijiy diplomatik vakolatxonalar rahbarlarini O‘zbekistondagi sharafli va mas’uliyatli faoliyati rasman boshlangani bilan samimiy tabrikladi.

    O‘zbekiston prezidenti Hindiston elchisi Smita Pantga murojaat qilar ekan, ikki mamlakat yetakchilarining qat’iy siyosiy irodasi tufayli mamlakatlar o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlari yangi bosqichga ko‘tarilganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Joriy yil boshidan buyon ikki tomonlama tovar ayirboshlash hajmi 30 foizga oshdi, qo‘shma korxonalar, aviaqatnovlar soni ko‘paymoqda, sayyohlik almashinuvi kengaymoqda, hududlararo aloqalar izchil rivojlanmoqda. O‘zbekistonda Hindiston universitetlarining to‘rtta filiali muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda.

    Davlat rahbari yaqin kelajakda o‘zaro savdo hajmini 1 milliard dollarga yetkazish zarurligini ta’kidladi. Shu bilan birga, raqamli iqtisodiyot, innovatsiyalar, axborot texnologiyalari, sog‘liqni saqlash, farmatsevtika, kimyo sanoati, qishloq xo‘jaligi, transport, turizm va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda amaliy hamkorlik loyihalarini ko‘paytirishga alohida e’tibor qaratildi.

    Parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish va Hindiston—Markaziy Osiyo formatidagi muloqotni davom ettirish uchun katta imkoniyatlar mavjudligi qayd etildi.

    Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreya O‘zbekiston uchun Osiyo qit’asidagi vaqt sinovlaridan o‘tgan yaqin do‘st va alohida strategik sherik ekanini ta’kidladi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Prezident Yun Sok Yolning O‘zbekistonga davlat tashrifi chog‘ida ko‘p qirrali O‘zbekiston-Koreya hamkorligining yangi bosqichini boshlashga kelishib olindi. Mamlakatda zamonaviy sanoat va infratuzilmani barpo etish maqsadida yuqori texnologik va innovatsion sheriklik modeli joriy etilmoqda.

    O‘zaro savdo hajmi 2,5 milliard dollarni tashkil etmoqda. 700 dan ziyod qo‘shma korxona muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda, yangi investitsiya loyihalari portfeli 10 milliard dollarga yetdi.

    O‘zbekistonda Koreyaning qator yetakchi universitetlari filiallari, kasb-hunar ta’limi, innovatsiyalar va axborot texnologiyalari markazlari ochildi, maktabgacha ta’lim tizimini yaratishning ilg‘or tajribasi muvaffaqiyatli joriy etilmoqda, sog‘liqni saqlash sohasida birgalikda yirik loyihalar amalga oshirilmoqda.

    Foto: Prezident matbuot xizmati
    “Toshkentda barpo etilgan Bolalar klinikasi, Koreya madaniyati va san’ati uyi, Seul bog‘i va ko‘chasi mustahkam do‘stligimizning yorqin ramzlariga aylandi, ko‘p millatli xalqimizning ajralmas qismi bo‘lgan salkam 200 ming nafar fuqarolarimizdan iborat koreys diasporasi esa taraqqiyotimizga munosib hissa qo‘shmoqda”, dedi O‘zbekiston prezidenti.

    Jabubiy Koreyaning yetakchi kompaniyalari bilan o‘ta muhim minerallar, yarim o‘tkazgichlar, kimyo sanoati, “yashil” energetika, mashinasozlik, “aqlli” qishloq xo‘jaligi va transport sohalarida hamkorlik bo‘yicha strategik rejalarni to‘liq amalga oshirish zarurligi, shuningdek, parlamentlararo va hududlararo aloqalarni yanada faollashtirish, gumanitar hamkorlikni kengaytirish, ko‘p tomonlama hamkorlik mexanizmlarini rivojlantirish muhimligi qayd etildi.

    Davlat rahbari Mongoliya elchisiga murojaat qilar ekan, prezident Uxnaagiyn Xurelsuxning yaqinda O‘zbekistonga qilgan davlat tashrifi o‘zaro manfaatli munosabatlarimizda yangi sahifa ochganini ta’kidladi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Toshkentda Mangoliya elchixonasi o‘z faoliyatini boshladi. 2024-yil boshidan buyon o‘zaro savdo hajmi ikki barobar oshdi. Turli vazirlik va idoralar o‘rtasidagi aloqalar faollashdi.

    Erishilgan kelishuvlarni so‘zsiz bajarish, xususan, Imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitimni qabul qilish, foydali qazilmalarni o‘zlashtirish va qayta ishlashda ishtirok etish, qishloq xo‘jaligi, chorvachilik, charm, to‘qimachilik, farmatsevtika sanoati va tibbiyot sohalarida loyihalarni amalga oshirish, to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish, ta’lim va madaniy dasturlarni kengaytirish zarurligi ta’kidlandi.

    BMT, SHHT va boshqa nufuzli xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlikni kuchaytirish maqsadga muvofiqligi qayd etildi.

    O‘zbekiston rahbari dunyoning yetakchi davlatlaridan biri, ulkan intellektual va iqtisodiy salohiyatga ega Germaniya O‘zbekistonning Yevropadagi muhim va uzoq muddatli hamkori ekanini ta’kidladi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    O‘tgan yili Germaniyaga amalga oshirilgan ikkita oliy darajadagi tashrif, shuningdek, Federal kansler Olaf Sholsning yaqinda O‘zbekistonga qilgan rasmiy tashrifi ko‘p qirrali O‘zbekiston-Germaniya munosabatlari tarixida yangi davrni boshlab bergan muhim voqealar bo‘lgani ta’kidlandi.

    Keyingi yillarda o‘zaro savdo hajmi va qo‘shma korxonalar soni ikki barobar, o‘zlashtirilgan investitsiyalar esa 10 barobar ko‘paydi.

    Germaniyaning yetakchi kompaniya va banklari bilan umumiy qiymati 9 milliard yevroga teng bo‘lgan qo‘shma loyihalar ishlab chiqilmoqda.

    Siemens, Linde, BASF, MAN, CLAAS, Henkel, Knauf, Papenburg, Deutsche Bahn va boshqa kompaniyalar bilan hamkorlikni kengaytirish mexanizmlari joriy etilmoqda, Sanoat va texnologik hamkorlik dasturi qabul qilindi.

    “Shu bilan birga, madaniy-gumanitar, ta’lim, migratsiya va turizm sohalarida ham katta natijalar kutayapmiz”,  deb ta’kidladi prezident.

    Shuningdek, yaqinda Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan “Markaziy Osiyo—Germaniya” ikkinchi sammitida bildirilgan mintaqaviy strategik hamkorlikni chuqurlashtirishga qaratilgan tashabbuslar qo‘llab-quvvatlandi.

    Prezident Isroil O‘zbekistonning muhim iqtisodiy sherigi ekanini ta’kidladi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    O‘tgan yilda savdo hajmi ikki barobar oshdi, mamlakatimizda Isroil sarmoyasi ishtirokidagi 120 ga yaqin korxona faoliyat yuritmoqda.

    O‘zbekistonda qadimdan yashab kelayotgan Buxoro yahudiylarI hamon xalqlarimiz aloqalarida mustahkam bog‘lovchi rishta vazifasini o‘tamoqda.

    Prezident ikki tomonlama hamkorlik uchun katta imkoniyatlar mavjudligini ta’kidladi. Xususan, innovatsiyalar, “aqlli” qishloq va suv xo‘jaligi, resurs tejaydigan texnologiyalar, farmatsevtika va sog‘liqni saqlash sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdorlik bildirdi.

    Davlat rahbari O‘zbekiston Yaqin Sharqdagi vaziyat tez orada adolatli yechim topishi, umume’tirof etilgan hujjatlar asosida uzil-kesil tinchlik va barqarorlik o‘rnatilishining qat’iy tarafdori ekanini tasdiqladi.

    O‘zbekiston prezidenti Yevropa Ittifoqi ishonchli va vaqt sinovidan o‘tgan hamkor ekanligini ta’kidladi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    So‘nggi yillarda munosabatlarimiz izchil rivojlanib, mutlaqo yangi bosqichga ko‘tarildi. Joriy yilda diplomatik aloqalar o‘rnatilganining 30 yilligi nishonlanmoqda.

    Oliy darajadagi tashriflar soni ortib bormoqda, Yevropaning bir qator davlatlari bilan strategik sheriklik o‘rnatildi, o‘tgan yili Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan tovar ayirboshlash hajmi 30 foizga oshdi.

    “Yashil” iqtisodiyot, muqobil energetika, yuqori texnologik sanoat, innovatsiyalar, mineral resurslar, qishloq xo‘jaligi, ekologiya, fan va ta’lim sohalarida yirik qo‘shma loyihalar amalga oshirilmoqda.

    Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimning tez orada imzolanishi munosabatlarimizni yanada chuqurlashtirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

    Yevropa tomoni bilan siyosiy muloqotlarni faollashtirish, demokratik institutlarni mustahkamlash, inson huquqlari masalalarida ochiq va konstruktiv muloqotni davom ettirish, iqtisodiyot, investitsiya va transport-kommunikatsiya sohalarida hamkorlikning yangi “o‘sish nuqtalari”ni topish, fuqarolarimiz bordi-keldilari uchun viza rejimini yengillashtirish kabi dolzarb yo‘nalishlarda birgalikda ishlash niyatidamiz, dedi O‘zbekiston prezidenti.
    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bilan hamkorligi kengayib borayotgani ham qayd etildi. Shu munosabat bilan davlatimiz rahbari kelgusi yilda Samarqand shahrida Markaziy Osiyo-Yevropa Ittifoqi sammitini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rilayotganini ma’lum qildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Marosim yakunida O‘zbekiston prezidenti yangi tayinlangan elchilarga sharafli faoliyatida katta muvaffaqiyatlar tiladi, yurtimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari va islohotlar natijalari bilan, ayniqsa, eng chekka tuman va qishloqlarga borib yaqindan tanishishni tavsiya qildi.

    Xorijiy elchilardan ishonch yorliqlarini topshirish tantanali marosimidan lavhalar

    Foto: Prezident matbuot xizmati
    Foto: Prezident matbuot xizmati
    Foto: Prezident matbuot xizmati
    Foto: Prezident matbuot xizmati
    Foto: Prezident matbuot xizmati
    Foto: Prezident matbuot xizmati
    Foto: Prezident matbuot xizmati
    Foto: Prezident matbuot xizmati
    Foto: Prezident matbuot xizmati
    Foto: Prezident matbuot xizmati
    Foto: Prezident matbuot xizmati
    Foto: Prezident matbuot xizmati
    20.09.2024, 16:54   Izoh (0)   5006
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda dollar kursi ko‘tarildi

    20.09.2024, 16:06

    Qashqadaryoda noruda foydali qazilma hisoblangan qumni qazib olganlar 185 mln so‘m zarar yetkazdi 

    20.09.2024, 15:57

    O‘zbekistonda skuter va samokatlarda yo‘l qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik ko‘zda tutilgan qonun ma’qullandi

    20.09.2024, 15:30

    Ilk bor Qonunchilik palatasi deputatligiga ayol nomzodlar 44,7 foizni tashkil etdi 

    20.09.2024, 14:19

    Toshkentda BYD 9 yoshli maktab o‘quvchisini urib yubordi. Qiz vafot etdi (video) 

    20.09.2024, 14:03

    “O‘zgidromet” dam olish kunlari qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi

    20.09.2024, 13:43
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
    Audio Icon

    Isroil va Eron mojarosi: sabablari, xronologiyasi, oqibatlari (foto, video)

    14 iyun, 16:36

    G‘azodagi ayol va qizlar: Isroil qamali ostida ularning hayoti qanday kechmoqda? (foto)

    13 iyun, 08:31
    Audio Icon

    “Hokim uyingni ekskavator bilan buzib tashlayman deb po‘pisa qilyapti”, — Samarqandda uyi “snos”ga tushganlarga kompensatsiya to‘lab berilmadi

    11 iyun, 20:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ombudsman Toshkentdagi hibsxonada ayol uzoq vaqtdan beri saqlanayotganiga izoh berdi

    O‘zbekiston | 14 iyun, 21:50

    50 daqiqalik suhbat: Putin va Tramp Yaqin Sharqdagi keskinlashgan vaziyatni muhokama qildi

    Dunyo | 14 iyun, 21:20

    ChatGPT’dan diniy savollarga javob olish joizmi? Musulmonlar idorasi javob berdi

    O‘zbekiston | 14 iyun, 21:18

    Tailand va Kamboja chegara mojarosini hal qilish uchun uchrashuv o‘tkazdi

    Dunyo | 14 iyun, 21:10

    Endryu Robertson “Atletiko”ga o‘tishi kutilmoqda

    Sport | 14 iyun, 20:57

    Erondagi cheklovlar sababli Dubay va Sharm ash-Shayxga aviareyslar jadvali o‘zgartirildi

    O‘zbekiston | 14 iyun, 20:50

    Isroilning Eronga hujumidan so‘ng qaysi aviakompaniyalar parvozlarini to‘xtatdi yoki bekor qildi?

    Dunyo | 14 iyun, 20:45

    Toshkent–Tel-Aviv–Toshkent aviareyslari iyun oxirigacha bekor qilindi

    O‘zbekiston | 14 iyun, 20:19

    Hindistonlik milliarder polo o‘yini paytida asalari chaqishidan vafot etdi

    Dunyo | 14 iyun, 19:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.