Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 23-sentyabrda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra dollar 4,99 so‘mga ko‘tarilib, 12 729,83 so‘m bo‘ldi. Yevro 16,07 so‘mga tushib, 14 207,76 so‘m bo‘ldi. Rubl 0,35 so‘mga oshib, 137,46 so‘mni tashkil etdi.
Bundan avval dollar kursi ikki kunlik ko‘tarilishdan so‘ng pastlab, 12 724,84 so‘m bo‘lgandi. Rubl ham tushib, yevro oshgandi.
Izoh (0)