• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12705.79
    • RUB159.2
    • EUR14704.41
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekiston va Rossiya tashqi ishlar vazirlari uchrashuvida “davlatlar bir-birlarining ichki ishlariga aralashmasligi muhimligi” taʼkidlandi

    BMT Bosh assambleyasi doirasida Rossiya va O‘zbekiston tashqi ishlar vazirlari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Baxtiyor Saidov o‘z Telegram kanalida maʼlum qildi. 

    Foto: Telegram / Baxtiyor Saidov

    “Madaniyatlararo va dinlararo muloqot orqali barqaror rivojlanish uchun tinch va inklyuziv jamiyatlar yaratishga ko‘maklashish” mavzusida yuqori darajadagi panel muhokamalari o‘tkazilgan.

    “BMT Sivilizatsiyalar alyansi, barcha maʼruzachilar va ishtirokchilarga ko‘rsatgan ko‘magi uchun minnatdorlik bildiramiz. O‘zbekistonning umumiy xavfsizlik va farovonlik manfaatlari yo‘lida tinchlik, muloqot va inklyuzivlik madaniyatini ilgari surish bo‘yicha qatʼiy intilishini yana bir bor tasdiqlaymiz”, deydi vazir.

    Foto: Telegram / Baxtiyor Saidov

    Shuningdek, strategik sherikligimizning dolzarb mavzulari, shuningdek, bo‘lajak oliy va yuqori darajadagi tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan atroflicha suhbat o‘tkazilgan. Anʼanaga ko‘ra, hamkorlik kun tartibi keng bo‘lib, barcha sohalarni qamrab olgan.

    “O‘zaro ishonchni mustahkamlash yo‘lida davlatlar bir-birlarining ichki ishlariga aralashmaslik tamoyiliga amal qilish muhimligi taʼkidlandi. Biz ittifoqchilik ruhidagi doimiy muloqotimizni davom ettirishga kelishib oldik”, deydi Baxtiyor Saidov.

    O‘zi nima gap?

    Toshkentning Chilonzor tumanidagi 188-maktabda rus tili fani darsida o‘qituvchi 6-sinf o‘quvchisini urdi. Holat aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Facebook’dagi “Potrebitel.uz” guruhida yozilishicha, o‘qituvchi rus sinfiga darsni o‘zbek tilida o‘tgan. O‘quvchi darsni rus tilida o‘tishni so‘ragan. Shundan so‘ng videoda aks etgan holat yuz bergan.

    Lightbox Image

    Rossiya TIV munosabati

    Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova O‘zbekistondan yuz bergan hodisaga huquqiy baho berishni va bolaga nisbatan shafqatsizlik qilgan aybdorga qarshi choralar ko‘rish so‘ralganini aytdi. 

    “Bu masalani diqqat-e’tiborimiz markazida tutamiz”, degan Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiysi.

    Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, bolani urgan ayol sinov muddati bilan maktabga ishga taklif qilingan, videodagi voqea uning dastlabki ish kunida kuzatilgan. Voqeadan xabar topgan o‘quvchining ota-onasi huquq-tartibot idoralariga murojaat qilgan. Ayni paytda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    O‘qituvchining boshqa huquqbuzarliklari

    Shu bilan birga, ushbu ayol boshqa bir qancha huquqbuzarliklar sodir etgani aniqlangan. Qizi o‘qiydigan boshqa maktabda maktab direktori o‘rinbosari bo‘lgan ayolga jismoniy kuch ishlatgan, Milliy gvardiya va IIO xodimlariga nisbatan g‘ayriijtimoiy munosabatda bo‘lib, ularining qonuniy talablarini bajarmasdan keskin qarshilik ko‘rsatgan.

    Lightbox Image

    Bunday qilmishi uchun unga 25-sentyabr kuni 7 sutka ma’muriy qamoq jazosi, BHMning 3 baravari (1 020 000 so‘m) va BHMning 7 baravari (2 380 000 so‘m) miqdorida jarima jazosi tayinlangan.

    Alisher Qodirov Mariya Zaxarovaga javob qaytardi

    Alisher Qodirov Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova Toshkentdagi maktabda o‘qituvchi o‘quvchini urgani yuzasidan O‘zbekistondan tushuntirish so‘raganiga munosabat bildirdi.

    Unda bola huquqi O‘zbekiston maktabida, O‘zbekiston fuqarosining bolasiga nisbatan buzilganini va chorasi O‘zbekiston xalqi nomidan qabul qilingan qonunlar asosida ko‘rilishini ta’kidladi.“Bizning ichki ishlarimiz haqida bosh qotirguncha muammolarga to‘la o‘zlarining ishlari bilan shug‘ullanishsa, to‘g‘ri bo‘lar edi. Tekis joyda to‘polondan foyda chiqmasligini tushunib yetishdi, degan xulosaga ertaroq shekilli”, dedi “Milliy tiklanish” partiyasi deputati Alisher Qodirov.

    Mariya Lvova-Belova: O‘zbekistonda rusiyzabon o‘quvchining kaltaklanishi bo‘yicha favqulodda vaziyat ko‘rib chiqilmoqda

    Rossiya bolalar ombudsmani Mariya Lvova-Belova o‘zbekistonlik hamkasbi Surayyo Rahmonova bilan aloqada ekanini aytdi. 

    Foto: “RIA Novosti”
    “Rus tilida so‘zlashuvchi o‘quvchining kaltaklanishi bilan bog‘liq vaziyat uning nazoratida. Hamkasb mamlakat Ichki ishlar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga so‘rov yuborgan. Chilonzor tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda”, deydi Lvova-Belova o‘zining Telegram kanalida.

    Xalqaro jinoiy sud 2023-yil 17-mart kuni Mariya Lvova-Belovani hibsga olishga order bergandi. U Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan birga Ukrainaning bosib olingan hududlaridan bolalarni Rossiyaga noqonuniy ravishda deportatsiya qilishda ayblanmoqda.

    Rossiya Toshkentdagi maktabda bolani kaltaklagan o‘qituvchiga mamlakatga kirishni taqiqlamoqchi

    “Rossotrudnichestvo” rasmiylardan Toshkentdagi maktabda o‘quvchini kaltaklagan o‘qituvchining Rossiyaga kirishini taqiqlash imkoniyatini ko‘rib chiqishni so‘raydi. Bu haqda agentlik rahbari Yevgeniy Primakov xabar berdi.

    27.09.2024, 11:10   Izoh (0)   12407
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Rossiyalik amaldor O‘zbekistonda migrantlar daromadiga rus tilidagi maktablar qurishga chaqirdi 

    15.11.2023, 17:55

    Alisher Qodirov davlat tili rus bo‘lmagan mamlakat fuqarolariga Rossiyada ayrim kasblarda ishlashni cheklashni taklif qilgan rus deputatiga javob qaytardi

    16.11.2023, 10:01

    Farg‘onada Nexia-2 velosipedda ketayotgan 9 yoshli bolani urib yubordi

    27.09.2024, 09:25

    Rossiya Toshkentdagi maktabda bolani kaltaklagan o‘qituvchiga mamlakatga kirishni taqiqlamoqchi

    27.09.2024, 09:00

    Andijondagi shifoxonada ikki ayol janjallashdi 

    27.09.2024, 08:40

    Bo‘stonliqda ikkita uy yonib ketdi (video)

    27.09.2024, 08:27
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    G‘azodagi ayol va qizlar: Isroil qamali ostida ularning hayoti qanday kechmoqda? (foto)

    13 iyun, 08:31
    Audio Icon

    “Hokim uyingni ekskavator bilan buzib tashlayman deb po‘pisa qilyapti”, — Samarqandda uyi “snos”ga tushganlarga kompensatsiya to‘lab berilmadi

    11 iyun, 20:50

    Kuchga to‘layotgan yangi qudrat. Xitoy qaysi qurollari bilan dunyo eʼtiborini tortdi?

    11 iyun, 20:00

    Vahshiylikning eng yuqori cho‘qqisi — Isroil askarlari falastinlik 6 yoshli qizcha va uning qarindoshlarini qanday o‘ldirgan edi?

    10 iyun, 19:40
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Eronning Isroilga qilgan hujumi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi, 70 dan ortiq odam jarohat oldi

    Dunyo | 14 iyun, 10:33

    O‘zbekiston MTJ Argentinaga qarshi o‘yin o‘tkazishi yuzasidan izoh berildi

    Sport | 14 iyun, 10:31

    Tojikistondan olib kelingan qariyb 50 kg giyohvandlik vositasi musodara qilindi

    O‘zbekiston | 14 iyun, 10:05

    O‘zbekistonda 15-iyun kuni havo harorati 42 darajagacha ko‘tariladi

    O‘zbekiston | 14 iyun, 09:35

    Putin Eron va Isroil rahbarlari bilan telefon orqali suhbatlashdi

    Dunyo | 14 iyun, 08:59

    Isroildagi o‘zbekistonliklarga zaruriyatsiz ko‘ngilochar joylarga bormaslik tavsiya qilindi

    O‘zbekiston | 14 iyun, 08:32

    Shahed kamikadze dronlari Isroil havo mudofaasini yo‘q qilish uchun uchirildi va 50 daqiqada manzilga yetib boradi — OAV

    Dunyo | 14 iyun, 00:02
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.