• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12904.51
    • RUB161.99
    • EUR14575.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda uchta vazirlikning qariyb 400 nafar xodimi tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgani aniqlandi

    Davlat xizmatchilarining tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish holatlariga chek qo‘yilmoqda, deb xabar bermoqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi. 

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Qayd etilishicha, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan vazirlik va idoralar, davlat muassasalari va tashkilotlar xodimlarining tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish holatlari yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazib kelinmoqda.  

    Xususan, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi, Suv xo‘jaligi hamda Qishloq xo‘jaligi vazirliklari va ularning tizim tashkilotlari o‘rganilganda ularda faoliyat yuritayotgan 398 nafar boshqaruv xodimi 449 ta tadbirkorlik subyektida ta’sischilik asosida faoliyat yuritib kelayotgani aniqlandi.

    Jumladan, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 93 nafar boshqaruv xodimi 112 ta tadbirkorlik subyektida, Suv xo‘jaligi vazirligining 26 nafar boshqaruv xodimi 35 ta tadbirkorlik subyektida hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligining 279 nafar boshqaruv xodimi 302 ta tadbirkorlik subyektida ta’sischilik asosida faoliyat yuritib kelgan.  

    Yuqoridagi holatlarni bartaraf etish bo‘yicha mazkur vazirliklarga agentlik tomonidan tegishli taqdimnomalar kiritilib, qayd etilgan qonunbuzilish holatlariga chek qo‘yildi.

    O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish holatini o‘rganish natijalari, shuningdek, “Korrupsiyasiz soha”, “Korrupsiyasiz hudud” loyihalari, davlat dasturlarini amalga oshirish natijalari bo‘yicha xulosalar hamda BMT Konvensiyasi tavsiyalari korrupsiyaga qarshi kurashning samarali tizimini shakllantirish uchun bu boradagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish va davom ettirish zarurligini ko‘rsatmoqda.

    Birinchidan, normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini ta’minlash, korrupsiyaga qarshi siyosat hujjatlarini ishlab chiqish, qonunchilik va huquqni muhofaza qilish sohasida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro standartlarni joriy etishning huquqiy va tashkiliy mexanizmlari aniq belgilanmagan.

    Davlat organlari, sohalar va hududlar kesimida korrupsiya darajasini baholash va korrupsiyaga qarshi kurash chora-tadbirlarini monitoring qilish tizimi yaratilmagan.

    Ikkinchidan, davlat boshqaruvi sohasida korrupsiya xavfining oldini olishga, davlat organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlashga va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat samaradorligini oshirishga qaratilgan davlat xizmati to‘g‘risidagi qonun normalarini ta’minlashning aniq mexanizmlari va chora-tadbirlari ishlab chiqilmagan.

    Davlat organlari mansabdor shaxslarning mas’uliyatini oshirish, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, xorijda hisob raqamlar ochishni taqiqlashning huquqiy asoslari yaratilmagan.

    Uchinchidan, byudjet tashkilotlarida nazoratni masofaviy tarzda raqamli texnologiyalardan foydalangan holda amalga oshirish, shu jumladan pul mablag‘lari va moddiy boyliklarni talon-toroj qilish, kamomadlarga yo‘l qo‘yish, xarajatlar smetasi va shtatlar jadvallarini tuzish, tasdiqlash hamda ijro etish tartibini buzish holatlarini chuqur tahlil qilish va ularni sodir etishning shart-sharoitlarini bartaraf qilish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqilmagan.

    To‘rtinchidan, raqobat usullarini chetlab o‘tgan holda to‘g‘ridan-to‘g‘ri davlat xaridlarini amalga oshirish, shartnomalarni g‘aznachilik organlaridan ro‘yxatdan o‘tkazmaslik, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yish hamda affillanganlik holatlari davlat xaridlari sohasida qonun buzilishi holatlarining ko‘payishiga sabab bo‘lmoqda.

    Davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzilganligi bo‘yicha 2021-yilda 147 ta, 2022-yilda 662 ta va 2023-yil 6 oyida 729 ta ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etilgan.

    Beshinchidan, aholi va davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha huquqiy bilimini oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish bo‘yicha tizimli yondashuv mavjud emas.

    Davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari, ilmiy doiralar o‘rtasida samarali hamkorlik mexanizmlari ishlab chiqilmagan, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi tadqiqotlar darajasi va sifatini oshirish, tadqiqot natijalari amaliyotga tatbiq etish yuzasidan aniq maqsadli chora-tadbirlar ishlab chiqilmagan.

    Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarning tegishli darajada bajarilishi ustidan parlament va jamoatchilik nazorati yetarli darajada tashkil etilmagan.

    Oltinchidan, tadbirkorlik sohasida korrupsiya xavfining oldini olish jarayonlarini kuchaytirish, korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy mexanizmlari to‘g‘risida xabardorlikni oshirish, korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha davlat organlari va biznes sektori o‘rtasida samarali hamkorlikni ta’minlashning samarali mexanizmlari ishlab chiqilmagan.

    Yettinchidan, axborot texnologiyalaridan korrupsiyaga qarshi kurashishda samarali vosita sifatida qo‘llash va ulardan foydalanishda tizimli va kompleks yondashuvni ta’minlash ishlari yetarli darajada tashkil etilmagan.

    09.09.2024, 15:54   Izoh (0)   11163
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda korrupsiyani oldini olish choralarini ko‘rmagan mansabdorlar javobgarlikka tortilishi kutilmoqda

    13.03.2024, 10:26

    O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi yettita muammo sanab o‘tildi

    17.03.2024, 16:25

    “Davlat tadbirkorlik bilan shug‘ullanishni to‘xtatishi kerak” — iqtisodchi Behzod Hoshimov

    04.04.2024, 13:28

    Toshkent Shimoliy vokzalida chiptalar haqiqiyligini tekshiruvchi turniketlar ishga tushdi 

    09.09.2024, 15:27

    Yashil energiya bo‘yicha Markaziy Osiyo forumining qiziqarli lahzalari — suratlarda  

    09.09.2024, 14:38

    O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratiladi 

    09.09.2024, 14:31
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Namangan hokimi 100 yilligi nishonlanayotgan maktabdagi “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi

    O‘zbekiston | 24 may, 22:00

    Quyoshdan himoyalovchi kremlardan foydalanishda tez-tez uchraydigan xatolik aniqlandi

    Layfstayl | 24 may, 21:40

    Samarqand 2025-yili Islom dunyosining madaniyat poytaxtiga aylanadi

    O‘zbekiston | 24 may, 21:25

    Superliga. “Neftchi” o‘z maydonida bir kishi kam bo‘lib qolgan “Sho‘rtan”ni tor-mor etdi

    Sport | 24 may, 21:21

    Yozgi tekshiruv: ta’tillar mavsumidan avval qanday tahlillar topshirish kerak?

    Maslahatlar | 24 may, 20:50

    Qurol topib olinsa nima qilish kerak: mukofot yoki ozodlikdan mahrum bo‘lish?

    O‘zbekiston | 24 may, 20:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.