O‘zbekistonda sportchilarni kelgusi Olimpiadaga tayyorlash uchun 300 milliard so‘m ajratilishi belgilandi.

2028-yilgi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlikni kuchaytirish, ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilinishicha, mablag‘lar sportchilarni tayyorlash uchun zarur sharoit va infratuzilmaga sarflanadi.
Los-Anjeles — 2028 Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekistonni kuchli o‘ntalikka kiritish maqsad qilingan.
“Sport – bu avvalo tinchlik elchisi, har bir davlat uchun milliy g‘urur manbasi”, deya ta’kidlagan prezident.
Majlisda qayd etilishicha, so‘nggi to‘rt yilda byudjetdan sportga ajratilayotgan mablag‘ 1,5 trillion so‘mdan 3 trillion so‘mga oshdi, murabbiylarning o‘rtacha maoshi 2 barobar ko‘paydi, 101 ta yirik sport obyektlari yangidan qurildi, 67 tasi rekonstruksiya qilindi.
Izoh (0)