• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekiston va Rossiya adaptiv sport sohasida hamkorlik qilishga kelishdi

    Ijtimoiy himoya milliy agentligi va A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti o‘rtasida o‘zaro anglashuv va hamkorlik memorandumi imzolandi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Ijtimoiy himoya agentligi

    Ma’lum qilinishicha, agentlik rahbariyati va universiteti rektori Sergey Valentinovich Tarasov o‘rtasida uchrashuv o‘tkazilib, unda tomonlar inklyuziv va korreksion taʼlim sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlash istiqbollarini muhokama qildi. Surdopedagogika, tiflopedagogika, logopediya va oligoefrenopedagogika kabi asosiy yo‘nalishlarni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratildi. Rossiya davlat pedagogika universiteti o‘zining ko‘p yillik tajribasi va ilmiy salohiyati bilan o‘quv dasturlarini ishlab chiqish, pedagoglarning malakasini oshirish hamda inklyuziv taʼlimning xalqaro standartlarini joriy etishda faol ishtirok etadi.

    Foto: Ijtimoiy himoya agentligi

    Hamkorlik yo‘nalishlaridan biri sifatida jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslarni ijtimoiy integratsiya qilishning samarali vositasi sifatida adaptiv jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish masalasi muhokama qilindi. O‘tgan yili O‘zbekistonda Adaptiv sport turlari assotsiatsiyasi tashkil etilgani va universitet bu sohada mutaxassislar tayyorlashga katta hissa qo‘shishi mumkinligi taʼkidlandi. Xususan, Toshkentdagi universitet filiali adaptiv sport bo‘yicha alohida fakultet ochish rejalashtirilmoqda. Ushbu fakultet jismoniy nogironligi bor yoshlarga ishlovchi murabbiy va metodistlarni tayyorlash markaziga aylanishi kutilmoqda.

    Taʼlim yo‘nalishlaridan tashqari, tomonlar bitiruvchilarning kasbiy moslashuvi masalasini ham muhokama qildi. Shu munosabat bilan agentlik stajirovka o‘tash imkoniyatlarini yaratish va mutaxassislarni ishga joylashtirishda ko‘maklashishga tayyorligini bildirdi. Qayd etilishicha, bu bitiruvchilarning mehnat bozoriga samarali integratsiya qilinishiga xizmat qiladi.

    Foto: Ijtimoiy himoya agentligi
    Foto: Ijtimoiy himoya agentligi

    Rossiya davlat pedagogika universitetining Toshkentdagi filialida adaptiv sport bo‘yicha alohida fakultet ochilishi haqida 13-fevral kuni Shavkat Mirziyoyev raisligida bo‘lib o‘tgan videselektor yig‘ilshida ham qayd etib o‘tilgandi.

    Majlisda Adaptiv sport turlari assosiatsiyasi A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti bilan hamkorlikda nogironligi bo‘lgan yoshlarni sport bilan qamrab olish bo‘yicha ilmiy asoslangan metodika va standartlarni ishlab chiqishi, universitetning Toshkentdagi filialida adaptiv sport bo‘yicha alohida fakultet ochilishi ma’lum qilingan.

    Davlat rahbari nogironligi bo‘lgan shaxslarni sportchi qilib tayyorlashda ilmga asoslangan metodika, standartlar, o‘quv adabiyotlari yetishmasligi, sodda qilib aytganda, sog‘lom sportchilar uchun talablar shunday ko‘chirilib qo‘yilgani sababli bu sohada “katta sakrash” bo‘lmayotganini ta’kidlab o‘tgandi. Shu bois har yili kamida 100 nafar nogironligi bo‘lgan sportchilar va ularning murabbiylari malaka oshirish uchun xorijga yuboriladi. Shuningdek, hududlardagi 39 ta sport maktabi parasport turlariga ixtisoslashadi.

    O‘zbekistonda adaptiv sportni rivojlantirish

    Shavkat Mirziyoyev Parijdagi Paralimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan sportchilar, ularning ota-onalari va murabbiylari bilan o‘tkazgan uchrashuvida mamlakatda imkoniyati cheklangan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash, ularga inklyuziv sharoit yaratish bo‘yicha ulkan ishlar amalga oshirilayotganini aytgandi.

    Adaptiv sportni rivojlantirish hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarni sportning ushbu yo‘nalishiga jalb etish maqsadida Adaptiv sport turlari assotsiatsiyasi tashkil qilindi. 2024-yil noyabrida Adaptiv sport turlarini rivojlantirish dasturi tasdiqlandi.

    Prezident 5-noyabr kuni nogironligi bo‘lgan shaxslarni sportga jalb etishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishgan edi. Mamlakatda 19 ta parasport turi bilan shug‘ullanishga sharoit yaratilgan. 25 ming nafar nogironligi bo‘lgan shaxslar sport bilan shug‘ullanib kelmoqda. Bu boradagi imkoniyatlarni kengaytirish maqsadida qator chora-tadbirlar ko‘zda tutilgan. Xususan, davlat sport maktablarida adaptiv sport bo‘yicha guruhlar tashkil etish, mahallalardagi maydonchalarni nogironligi bo‘lgan shaxslarga ham moslashtirish taklif etilgandi.

    Adaptiv jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini tayyorlashga ham e’tibor kuchaytirilishi aytilgan edi.

    14 fevral, 10:07   Izoh (0)   3235
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #adaptiv sport#Ijtimoiy himoya agentligi

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Chevrolet Shanxay avtosaloniga adaptiv krossover bilan tashrif buyurdi

    19.04.2017, 20:34

    Porsche yo‘ltanlamas universali va elektrovelosipedlarini namoyish etdi

    11.03.2021, 12:58

    PowerBuds Pro: qomatni to‘g‘rilash funksiyasiga ega simsiz naushnik taqdim etildi

    15.07.2021, 18:54

    Har joyda qulay: Haval brendining eng universal krossoveri endi O‘zbekistonda

    27.10.2022, 16:30

    Qanday qilib immunitetni mustahkamlash va viruslardan himoyalanish mumkin?

    28.12.2022, 18:51

    Prezident sportchilarning ota-onalari, oila aʼzolarini ham olqishlab, ularga ezgu tilak bildirdi

    13.09.2024, 17:47

    O‘zbekistonda farzandlarni oilaning kambag‘alligi tufayli Mehribonlik va Bolalar uylariga joylashtirish amaliyoti bekor qilinadi

    05.11.2024, 18:03

    Adaptiv sport turlarini rivojlantirish dasturi tasdiqlandi 

    14.11.2024, 20:30

    Voyaga yetmagan qizni zo‘rlaganlikda gumonlanib ushlangan shaxslar, Sirdaryoda haydovchidan pora talab qilgan YPX inspektori, faollik darajasi III chorakda oshgan

    14.11.2024, 22:49
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Xiaomi o‘ta yupqa va magnit bilan yopishadigan yangi poverbank taqdim etdi

    Gadjetlar | 31 may, 16:55

    Murodjon Ahmadaliyev meksikalik, Bektemir Meliqo‘ziyev esa amerikalik bokschini mag‘lubiyatga uchratdi

    Sport | 31 may, 16:45

    Samarqandda “tomosha ko‘rsatgan” qozog‘istonliklar xalqdan uzr so‘radi (video)

    O‘zbekiston | 31 may, 16:20

    Mashhur rassom Benksi Fransiyada yangi graffiti chizib qoldirdi

    Qo‘ziqorin | 31 may, 15:44

    Qashqadaryodagi bog‘chada 2 yoshli qizcha nazoratsiz qolgani sabab vafot etdi

    O‘zbekiston | 31 may, 15:09

    Qashqadaryoda Damas’da 17 bolani olib ketayotgan haydovchiga chora ko‘rildi (video)

    O‘zbekiston | 31 may, 14:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.