• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Respublika pediatriya markazi metapnevmovirusga chalingan bolalar bilan to‘lgani rad etildi

    Ijtimoiy tarmoqlarda Respublika pediatriya markazi bemor bolalar bilan to‘lgani, ularning bir qismi yangi virusga chalingani aytilgan xabarlar tarqaldi. Sog‘liqni saqlash vazirligi bunga munosabat bildirdi.

    Foto: Telegram
    “Avvalo, aytish joizki, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlardagi bolalarning metapnevmovirusga chalingani xususidagi ma’lumotlar mutlaqo asossiz”, deyiladi vazirlik munosabatida.

    Ma’lum qilinishicha, Yangi yil arafasida Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining jami beshta —  Chaqaloqlarni parvarish qilish, Chaqaloqlar patologiyasi va reanimatsiyasi, Gepatologiya, Nefrologiya hamda Umumiy pediatriya bo‘limlarida profilaktik yuvish-tozalash va zararsizlantirish ishlari amalga oshirilgan.

    Mazkur bo‘limlarning barchasi 6-yanvar kunidan qayta ochildi va bu holat tabiiy ravishda bemorlar oqimi nisbatan ortishiga sabab bo‘ldi.

    “Qolaversa, markaz ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlarda qayd etilgan yuqumli kasalliklarga chalingan bemorlarni qabul qilish va davolashga ixtisoslashtirilmagan”, deyiladi xabarda.

    Sog‘liqni saqlash vazirligi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan turli asossiz va tekshirilmagan xabarlar tarqatmaslikni so‘radi.

    Metapnevmovirus haqida

    Ijtimoiy tarmoqlarda metapnevmovirus infeksiyasi va ushbu infeksiyaning COVID-19 dan ham xavfli ekanligi haqida xabarlar tarqalmoqda. Aslida virus yangi emas, birinchi marta 2001-yilda aniqlangan, lekin Xitoyning shimolida, ayniqsa, 14 yoshdan kichik bolalar orasida kasallanish holatlari ko‘paygani tufayli e’tiborni tortdi.

    O‘zbekistonda ham bu virus qayd etilgan. Qo‘shni davlarlardan Qozog‘iston, Qirg‘izistonda metapnevmovirus aniqlandi.

    Sanepidqo‘mita ma’lumotiga ko‘ra, ayni vaqtda O‘zbekistonda o‘tkir respirator infeksiyalarga chalinish holatlarining mavsumiy ko‘tarilishi kuzatilmoqda. Ushbu respirator infeksiyalarning so‘nggi laborator tahlillari natijasiga ko‘ra, 36,9 foizida gripp virusi, 30,2 foizida rinovirus, 28,6 foizida respirator-sinsitial virus, 1,2 foizida metapnevmovirus va 3,1 foizida boshqa viruslar aniqlangan.

    Qo‘mita bu infeksiyalarni yuqtirib olmaslik uchun profilaktika va gigiyena qoidalariga rioya qilish, odamlar gavjum joylarga, ayniqsa yosh bolalarni olib yurishni cheklash, kasallik belgilari paydo bo‘lgan oila a’zolarini alohida saqlab, shifokor ko‘rsatmasiga asosan davolanishni tavsiya qildi.

    Sog‘liqni saqlash vazirligi metapnevmovirus yangi kasallik emasligini, ortiqcha xavotirga hojat yo‘qligini bildirdi. Vazirlik axborotiga ko‘ra, kasallikni davolash odatda simptomatik bo‘lib, asosan uy sharoitida bemorning ahvolini yengillashtirishga qaratilgan muolajalar qo‘llaniladi. Og‘ir holatlarda kislorodli terapiya yoki kasalxonaga yotqizish talab qilinishi mumkin.

    6 yanvar, 15:36   Izoh (0)   11679
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #metapnevmovirus

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Xitoyda tarqalayotgan virus Qozog‘istonda ham aniqlandi 

    5 yanvar, 18:33

    Xitoyda tarqalayotgan virus O‘zbekistonda ham aniqlandi

    6 yanvar, 09:27

    Qirg‘izistonda ham metapnevmovirus aniqlandi

    6 yanvar, 13:05
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Real” Vinisiusni 2026-yilning yozida sotib yuboradi

    Sport | 26 iyul, 10:00

    Tojikistondagi qotillik ishi bo‘yicha to‘rt nafar shaxs umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

    Dunyo | 26 iyul, 09:55

    “Bavariya” “Manchester Yunayted” yarim himoyachisi uchun kurashga kirdi

    Sport | 26 iyul, 09:17

    “Obama Rossiya razvedka ma’lumotlari borasida jinoyat sodir etgan” — Tramp

    Dunyo | 26 iyul, 09:16

    Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashining uch mulozimi ishdan olindi

    O‘zbekiston | 25 iyul, 23:40

    “Manchester Siti” sobiq futbolchisini ortga qaytaradi — Romano

    Sport | 25 iyul, 22:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.