Ispaniya La Ligasi “Barselona” yarim himoyachi Dani Olmo va hujumchi Pau Viktorni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun yechim topa olmagani haqida rasman tasdiqladi.
“Barselona” 2025-yil 2-yanvardan boshlab barcha futbolchilarni moliyaviy nazorat qoidalariga muvofiq ro‘yxatdan o‘tkazishga imkon beradigan alternativlarni taqdim etmadi”, deyiladi La Liganing rasmiy saytida chop etilgan bayonotda.
Avvalroq “Barselona” Dani Olmo va Pau Viktor uchun yangi litsenziya olish maqsadida Ispaniya Futbol Federatsiyasiga (RFEF) murojaat qilgani xabar qilingan edi.
Dani Olmo o‘tgan yozda “RB Leypsig”dan “Barselona”ga kelib qo‘shilgan edi. Kataloniya klubi uni 2024-yil oxirigacha ro‘yxatdan o‘tkazishga muvaffaq bo‘ldi. Shuningdek, “Jirona”dan kelgan Pau Viktor ham yil so‘nggigacha ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Dani Olmo “Barselona” safida o‘tgan olti oy davomida barcha turnirlarda 15 ta o‘yin o‘tkazib, 6 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Izoh (0)