Fransiya chempionatida muxlislar talqiniga ko‘ra 1-davra ramziy jamoasi e’lon qilindi. O‘zbekiston milliy jamoasi va “Lans” klubi himoyachisi Abduqodir Husanov ushbu jamoadan o‘rin oldi.
Muxlislar talqiniga ko‘ra Liga 1 1-davra ramziy jamoasi:
Darvozabon: Xeronimo Rulli (“Marsel”);
Himoyachilar: Ashraf Hakimi (“PSJ”), Villian Pacho (“PSJ”), Abduqodir Husanov (“Lans”), Nunu Mendesh (“PSJ”);
Yarim himoyachilar: Rayan Sherki (“Lion”), Joau Nevesh (“PSJ”), Per-Emil Hyoyberg (“Marsel”);
Hujumchilar: Bredli Barkolya (“PSJ”), Jonatan Devid (“Lill”), Meyson Grinvud (“Marsel”).
Avvalroq futbolchini o‘z safida ko‘rishni xohlovchilar safiga Turkiya klubi ham qo‘shilgani xabar qilingandi.
Futbolchi O‘zbekistonda eng yaxshi yosh sportchi deb topilgandi. Transfermarkt talqiniga ko‘ra futbolchining bozor qiymati 12 million yevroni tashkil etadi.
Xalqaro sport tadqiqotlari markazi (CIES) tuzgan 21 yoshgacha bo‘lgan jahonning eng yaxshi markaziy himoyachilari reytingida ham futbolchi yetakchi o‘rinni egallagan edi.
Izoh (0)