Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) yanvar oyi uchun yangilangan reytingni eʼlon qildi.
Ushbu reytingdan 6 nafar o‘zbekistonlik bokschi o‘rin olgan bo‘lib, Murodjon Ahmadaliyev vaqtinchalik chempion sifatida qayd etilgan. Shahram G‘iyosov va Hasanboy Do‘stmatov o‘z vazn toifalarida birinchi o‘rinni egallab turibdi.
Reytingdan quyidagi o‘zbek bokschilari o‘rin olgan
- Hasanboy Do‘stmatov (minimal vazn) — 1-o‘rin (o‘tgan oyda ham 1-o‘rin);
- Murodjon Ahmadaliyev (birinchi yarim yengil vazn) — vaqtinchalik chempion;
- Otabek Xolmatov (yarim yengil vazn) — o‘tgan oydagi singari 4-o‘rin;
- Shahram G‘iyosov (yarim o‘rta vazn) — o‘tgan oydagi singari 1-o‘rin;
- Isroil Madrimov (super yarim o‘rta vazn) — 4-o‘rin (o‘tgan oyda ham 4-o‘rinda edi);
- Bektemir Meliqo‘ziyev (super o‘rta vazn) — 3-o‘rin (o‘tgan oy ham 3-o‘rinda edi).
Ma’lumot uchun, Murodjon Ahmadaliyev 14-dekabr kuni tunda Monte-Karloda tashkil etilgan professional boks oqshomida meksikalik Rikardo Espinozani 3-raunddayoq nokautga uchratib, vaqtinchalik WBA chempioniga aylangan edi.
Izoh (0)