Daryo

Boks. Murodjon Ahmadaliyev Espinosani nokautga uchratib, WBA Interim kamarini qo‘lga kiritdi

Monte-Karloda shanbadan yakshanbaga o‘tar kechasi professional boks kechasi o‘tkazildi

1 daqiqa o‘qish21 272 ko‘rishlar0 izoh0

Monte-Karloda 15-dekabr, shanbadan yakshanbaga o‘tar kechasi professional boks kechasi o‘tkazildi. 

Foto: Getty Images

Oqshomning markaziy jangi o‘zbekistonlik bokschi Murodjon Ahmadaliyev ishtirokida o‘tdi.

Ahmadaliyev (12-1, 9 KO) meksikalik Rikardo Espinosa Frankoga (30-4, 25 KO) qarshi ringga ko‘tarildi. Murodjon 3-raunddayoq raqibini ringga qulatdi.

Ushbu raundda Espinosani ikki marta nokdaun holatiga tushirgan o‘zbekistonlik bokschi 3-marta raqibini ringga yiqitgach, referi nokaut qayd etib, jangni to‘xtatdi.

Foto: Getty Images

Shunday qilib, Ahmadaliyev WBA Interim kamari sohibiga aylandi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar