O‘zbekistonlik professional bokschi yarim o‘rta vazn toifasida WBA kamari uchun majburiy da’vogar, Olimpiada kumush medali sohibi Shahram G‘iyosov hozirgi kunda O‘zbekistondagi eng kuchli bokschilarni sanab o‘tdi.
![](/static/2024/09/11/gettyimages-1395633180-1024x1024-8DwBJPlx.jpg)
“Uch nafar bokschini sanashim kerakmi?”, — deydi Shahram Fazliddin G‘oyibnazarovning savoliga javoban. “Hasanboy Do‘stmatov, Abdumalik Halokov. Murodjon hozir chetda, uni xursand qilib qo‘yaylik, Murodjon Ahmadaliyev uchinchisi.
Nima? U O‘zbekistondami? Kelganini ham aytmaydi, unda uchinchisi Bahodir (Jalolov). Hammalarini yaxshi ko‘raman, lekin bu yerda uch kishini sanash kerak ekan”.
Eslatib o‘tamiz, Shahram G‘iyosov 1-avgust sanasida so‘nggi jangini o‘tkazgan edi. Los-Anjelesda bo‘lib o‘tgan boks oqshomida Shahram Migel Perrani ochkolar hisobiga mag‘lub etgandi.
Izoh (0)