• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12965.34
    • RUB161.34
    • EUR14525.07
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Toshkent havosi iflos shaharlar reytingida 1-o‘ringa chiqdi

    Toshkent havoning ifloslanish darajasi bo‘yicha 28-yanvarda dunyoning yirik shaharlari orasida 1-o‘ringa chiqdi. IQAir portali havo sifati haqida ma’lumot berdi.

    Reyting real vaqt rejimida o‘zgarib turadi. Soat 13:22 holatiga ko‘ra, Toshkent havosi ifloslangan shaharlar orasida yetakchilik qilmoqda. Poytaxt havosida mayda PM2,5 dispers zarralarining konsentratsiyasi 193,5 mkg/m3 ni tashkil etgan. Hozirda poytaxt havosi sifati “o‘ta zararli” tasnifda turibdi.

    IQAir ko‘rsatkichi 100 dan yuqori bo‘lsa, salomatlik uchun zararli hisoblanadi, 200 dan yuqori bo‘lsa, juda zararli deb baholanadi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga ko‘ra, havo ifloslanishi ko‘rsatkichlari orasida salomatlik uchun eng katta xavf tug‘diradigani aynan PM2,5 dispers zarralaridir. Afsuski, bu Toshkent shahrining yuqoridagi reyting bo‘yicha peshqadamlik qilishi bilan bog‘liq birinchi holat emas.

    Ekologiya vazirligiga ko‘ra, O‘zbekistonda havoning chang bilan ifloslanishi tabiiy (quruq iqlim, qumli va qumloq tuproqlar) va antropogen (transport, sanoat, qurilish tashlamalari) omillar bilan bog‘liq. Kuchsiz shamollar, harorat inversiyasi, atmosfera havosining turg‘unligi kabi sabablar atmosfera havosining tabiiy ifloslanishi uchun sharoit yaratadi.

    Mamlakatning tabiiy xususiyatlari (quruq iqlim, qumli va gilli tuproq) sababli atmosfera havosida muallaq zarrachalar — chang miqdori yuqoridir.  Bugungi kunda sanoat korxonalari va avtomobillardan atmosferaga yiliga 2 million tonnadan ziyod ifloslantiruvchi moddalar chiqmoqda. Ayniqsa, Toshkent, Olmaliq, Nurafshon, Ohangaron, Angren, Bekobod va Quvasoy shaharlarida havodagi ifloslantiruvchi moddalar miqdori boshqa hududlarga nisbatan ancha ko‘p.

    Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekistonda har bir hududning havo, suv va atrof-muhit ifloslanishi darajasiga qarab reytingi tuziladi. 

    Changli havoda nima qilish kerak?

    Sanepidqo‘mitaning changli havoda qilish kerak bo‘lgan qator tavsiyalari quyidagilardan iborat: 

    • Ko‘chaga iloji boricha kamroq chiqish;
    • Ishga, o‘qishga, xarid uchun ko‘chaga chiqqanda tibbiy niqob taqish va har 2 soatda almashtirish;
    • Ko‘chadan uyga qaytgach dush qabul qilish (soch va yuz-ko‘zlarni yaxshilab yuvish);
    • Kalit, ko‘zoynak, telefon va sumkani namlangan salfetka bilan yaxshilab artish;
    • Ko‘chaga kiyib chiqqan kiyimlarni yuvish; 
    • Ustki kiyimlarni (kostyum, plash, palto va boshqalar) maska taqqan holda tashqarida yaxshilab qoqish;
    • Nim taʼsir etuvchi tuzli suv bilan tomoq va burunlarni tez-tez chayish;
    • Ko‘proq suyuqlik (iliq) ichish, iloji bo‘lsa ko‘k choy, naʼmatak damlamasini ichish;
    • Yog‘li, qovurilgan, dudlangan, tuzlangan, sho‘r, achchiq taomlarni cheklash; 
    • Suyuq sabzavotli taomlar, sut va sut mahsulotlari (qatiq, kefir va boshqalar), ko‘katlarni isteʼmol qilish;
    • Chang ko‘p to‘planishining oldini olish va uyni hamda yuzalarni to‘g‘ri tozalash kerak;
    • Uy, ishxona va mashina eshiklari va derazalarini zich yopish;
    • Chang yig‘ilishi mumkin bo‘lgan hamma narsalarni changyutkich yordamida tozalash kerak (kovrolin, gilam, yumshoq mebel, yumshoq o‘yinchoqlar va boshqalar). Yumshoq mebelni qoqishdan avval usti namlangan latta bilan o‘ralishi tavsiya etiladi.
    • Chang yig‘ilishi mumkin bo‘lgan barcha yuzalarni (pol, shkaf, ishchi yuzalar va boshqalar) kun davomida bir necha marta namlangan latta bilan yaxshilab artish kerak;
    • Oyoq kiyimlarni eshik oldida qoldirish va imkon qadar tezroq yuvib qo‘yish kerak;
    • Xona havosi optimal namligini taʼminlash: ho‘l sochiqlarni xonalarga osish, kattaroq sig‘imli idishlarga suv solib qo‘yish.
    28 yanvar, 13:35   Izoh (1)   14256
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (1)

    Kirish
    1. ahmedov21212121@gmail.com / 28 yanvar, 15:52

      Тошкентдан умуман кучиб кетиш.

      Javob berish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

    28 yanvar, 13:22

    Qarshi magistral kanali o‘tkazgan tenderlar bo‘yicha Raqobat qo‘mitasi munosabat bildirdi

    28 yanvar, 12:43

    O‘zbekistonda gaz qazib olish ko‘payish o‘rniga, yana qisqardi

    28 yanvar, 12:18

    O‘zbekistondagi mingdan ortiq dorixonalarda dori vositalari narxi asossiz oshirib sotilgani aniqlandi  

    28 yanvar, 12:00

    O‘zbekiston chegara punktlarida avtomobillar uchun elektron navbat joriy etiladi

    28 yanvar, 11:15

    “Dori-Darmon” aksiyadorlik kompaniyasiga yangi rais saylandi

    28 yanvar, 10:35
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Superliga. “Navbahor” Toshkentda “Bunyodkor”dan ustun keldi

    Sport | 18 may, 21:27

    Dunyoda ilk marta inson qovug‘i ko‘chirib o‘tkazildi

    Dunyo | 18 may, 21:16

    Isroil G‘azoda quruqlikdagi hujumni kuchaytirdi

    Dunyo | 18 may, 20:45

    Ronalduga 5 ta klub qiziqish bildirmoqda — Mirror

    Sport | 18 may, 19:55

    Xitoy Hindiston bilan mojaro payti Pokistonga yordam ko‘rsatdi — Bloomberg

    Dunyo | 18 may, 19:55

    Putinning Zelenskiy bilan uchrashish sharti ma’lum qilindi

    Dunyo | 18 may, 19:20

    Namanganda 1 sutkada bolalar avtomobil haydashiga oid 45 ta holat aniqlandi

    O‘zbekiston | 18 may, 18:51
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.