• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12705.79
    • RUB159.2
    • EUR14704.41
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Parrandachilik korxonalari 5 yilga yer solig‘idan ozod qilinadi

    Prezident Shavkat Mirziyoyev 25-iyun kuni chorvachilik tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Aholining kundalik iste’molida go‘sht, tuxum, sut va ulardan tayyorlangan mahsulotlar katta o‘rin egallaydi. Shu bois parrandachilik, qorako‘lchilik va echkichilikni rivojlantirish, oziq-ovqat inflyatsiyasini kamaytirish choralari ko‘rilmoqda. Qolaversa, bu sohalarda aholini band qilish va daromadini oshirish imkoniyati ham ko‘p.

    Masalan, 2023-yilda parrandachilik tarmog‘ida 253 ta loyiha amalga oshirilib, bunday xo‘jaliklar soni 1 ming 300 taga yetgan, 4 mingta yangi ish o‘rni ochilgan. Kelgusidagi istiqbolli loyihalar uchun xalqaro tashkilot va banklardan 420 million dollar jalb qilinmoqda.

    Taqdimotda mutasaddilar parrandachilik tarmog‘ini rivojlantirish strategiyasi hamda bu yilgi rejalari yuzasidan axborot berdi.

    Jumladan, bu yil parranda go‘shti hajmi 700 ming tonnadan 800 ming tonnaga, tuxum yetishtirish 8,5 milliard donadan 10 milliard donaga yetkazilishi aytildi.

    Bu tarmoqdagi eng muhim masala – nasl. Mamlakatda go‘sht yo‘nalishidagi parrandaning 1-tartibli genetikasi yo‘q, 2-tartibli genetika esa Vengriyadan olib kelinayapti.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Jahon bozorida parranda genetikasining 80 foizi AQSH kompaniyasiga to‘g‘ri keladi. Shu bois ular bilan hamkorlikda parrandachilikda genetik texnologiyalarni joriy qilish va naslchilik xo‘jaliklari tashkil etish rejalashtirilgan.

    Shuningdek, parrandachilikda klaster tizimini joriy etish, tayyor biznes loyihalar qilib, tadbirkorlarga berish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.

    Soha rivojini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlar belgilandi. Unga ko‘ra, parrandachilik korxonalari 5 yilga yer solig‘idan ozod qilinadi. Parranda go‘shti eksportiga ruxsat beriladi. Tadbirkorlarga berilgan 35 million dollar arzon resursni qaytarish muddati 3 yilga uzaytiriladi.

    Davlat rahbari ozuqa-yem zaxirasini kengaytirish va parrandachilik xo‘jaliklariga markazlashtirilgan tartibda yetkazish bo‘yicha ham topshiriqlar berdi.

    Hozirgi kunda mamlakatda 39 ta qorako‘lchilik xo‘jaligi bor. Buxoro viloyatidagi 2 million gektardan ziyod yaylovda 2 million bosh qo‘y boqilayapti. Bular, albatta, yetarli emas.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Shu bois qorako‘l qo‘yini kooperatsiya asosida xonadonlarda boqish taklifi bildirildi. Xususan, Qorako‘l, Qorovulbozor, G‘ijduvon, Peshku, Jondor, Olot tumanlarida aholiga qo‘ylar yetkazib berilib, yaylov va quduqlar ajratiladi. Ozuqabop o‘simliklar maydonlari kengaytiriladi.

    Bu kabi choralar orqali qorako‘l qo‘ylarini 6 million boshdan 7 million boshga yetkazish vazifasi qo‘yildi.

    Davlat rahbarining Namangan viloyatiga tashrifi chog‘ida echkichilikni rivojlantirish bo‘yicha topshiriq berilgan edi. Shunga muvofiq, Turkiya va Rossiyadan zotdor echkilar olib kelinib, naslli echkichilik klasteri tashkil etildi.

    Xuddi shu taxlit, Mo‘g‘uliston tajribasi asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Jizzax, Namangan va Toshkent viloyatiga 5 ming boshdan naslli echki olib kelib, ko‘paytirish zarurligi aytildi. Bu ikki yilda echkilar sonini 100 ming boshdan oshirish imkonini beradi.

    Shuningdek, echkichilikda ham naslni yaxshilash, junni qayta ishlash orqali kashemir va tivit mahsulotlari yetishtirib, eksportini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

    25.06.2024, 18:30   Izoh (0)   5056
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda 400 ga yaqin parrandachilik korxonasiga 221 mlrd so‘m subsidiya berildi

    24.09.2022, 06:12

    O‘zbekistonda Vengriya kompaniyasi ishtirokida yirik parrandachilik klasteri tashkil etiladi

    22.10.2022, 11:06

    Bir tovuqqa 215 ta tuxum: O‘zbekistonda parrandachilikni unumdorroq qilish uchun nima qilish kerak?

    02.02.2023, 22:08

    Samarqand va Qashqadaryoda iste’molga yaroqsiz yog‘ ishlab chiqarganlar ushlandi 

    25.06.2024, 18:10

    Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti tashkil etiladi 

    25.06.2024, 17:55

    Saida Mirziyoyeva Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashuv o‘tkazdi

    25.06.2024, 17:38
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
    Audio Icon

    Isroil va Eron mojarosi: sabablari, xronologiyasi, oqibatlari (foto, video)

    14 iyun, 16:36

    G‘azodagi ayol va qizlar: Isroil qamali ostida ularning hayoti qanday kechmoqda? (foto)

    13 iyun, 08:31
    Audio Icon

    “Hokim uyingni ekskavator bilan buzib tashlayman deb po‘pisa qilyapti”, — Samarqandda uyi “snos”ga tushganlarga kompensatsiya to‘lab berilmadi

    11 iyun, 20:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qozog‘istonda ham ilk AESni “Rosatom” quradi

    Dunyo | 15 iyun, 11:38

    Markaziy Osiyo davlati ham bor: Tramp 36 mamlakat fuqarolariga AQSHga kirishni cheklamoqchi

    Dunyo | 15 iyun, 10:46

    Mahmud Muradov Oktagon 72 turnirida vaqtinchalik chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi (video)

    Sport | 15 iyun, 10:09

    Eron oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiy Isroilning nishoni bo‘lishi mumkin — WSJ

    Dunyo | 15 iyun, 09:21

    Ko‘krak suti bezi saratoni haqidagi savollarga javoblar

    Salomatlik | 15 iyun, 08:54

    Qashqadaryoda joniga qasd qilish uchun o‘zini kanalga tashlagan fuqaroni ichki ishlar xodimi qutqardi

    O‘zbekiston | 14 iyun, 23:06

    Superliga. “Paxtakor” “Bunyodkor” bilan, “OKMK” esa “Sho‘rtan” bilan durang o‘ynadi

    Sport | 14 iyun, 22:18
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.