Prezident raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi, Soliq qo‘mitasi fuqarolar elektron pochtalariga soliq qarzi haqidagi xatni firibgarlar yuborayotganidan ogohlantirishi, avtomobillar yon oynalarini qoraytirish tekin bo‘lishi haqida tarqalgan xabarlarga munosabat bildirilishi – “Daryo” nashri 15-mayda eʼlon qilingan O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayotiga oid eʼtiborga molik xabarlarni bir joyga to‘pladi.
O‘zbekistonda Milliy sut mahsulotlari platformasi ishga tushiriladi
Beshta viloyatda 100 ta sut yig‘ish punkti tashkil etiladi.
Kurskdagi hujumda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi
Mehmonxona vayronalari ostidan o‘zbekistonlikning jasadi olib chiqilgani aytilmoqda.
Soliq qo‘mitasi fuqarolar elektron pochtalariga soliq qarzi haqidagi xatni firibgarlar yuborayotganidan ogohlantirdi
Qo‘mita tasdiqlanmagan ma’lumotlar, shubhali havolalar, yuklamalar va ilova fayllaridan ehtiyot bo‘lishga chaqirdi.
O‘zbekistonda pensiya tizimi xususiy sektorga berilishi rad etildi
Pensiya tizimiga xususiy sektorni jalb etish taklif qilingandi.
Sabrina Jabborova bir umrlik nogironga aylangani hamda va’da qilingan uy berilmagani haqida gapirdi
“To‘liq tuzalganim yo‘q, hali oldinda 6 oydan 1 yilgacha davom etadigan reabilitatsiya muolajalari turibdi”, deydi aktrisa.
O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston yoz mavsumida suv-energetika tizimi ish rejimlarini kelishdi
Uch davlat energetika hamda suv xo‘jaliklari vazirlari tomonidan tegishli bayonnoma imzolandi.
“Tonirovka” bepul bo‘lmaydi — YHXX
Avtomobillar yon oynalarini qoraytirish tekin bo‘lishi haqida tarqalgan xabarlarga munosabat bildirildi.
“Yoshlar majruh bo‘lib qolyapti” — Shavkat Mirziyoyev o‘quvchilarga avtomobilni ijaraga berish avj olgani haqida gapirdi
Bolalarga mashina boshqarishni berganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish bo‘yicha qonun loyihasi tayyorlanadi.
Shavkat Mirziyoyev o‘qituvchilar bilim va malakasini tanqid qildi
Prezidentga ko‘ra, ikki yil oldin toifa berish tizimi shaffof, raqamlashgan platformaga o‘tgani haqiqiy ahvolni ko‘rsatdi.
O‘zbekistonda “Garvardchilar maktabi” ochiladi
Muassasa Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab sifatida tashkil etiladi.
“Yangi o‘quv yilidan maktab direktorlari, o‘rinbosarlari va bog‘cha mudiralari ish haqi 7-10 mln so‘mdan oshadi” — prezident
Maktabgacha va maktab ta’limi uchun 2025-yilda 60 trln so‘m yo‘naltiriladi.
O‘zbekistonda bog‘cha tarbiyachilarini kasbiy sertifikatlash tizimi joriy etiladi
Prezident bog‘chalar qamrovi oshgani, lekin sifat bo‘yicha qiladigan ishlar ko‘pligini aytdi.
Qashqadaryodagi maktabda bir-biriga bo‘yoq sepgan o‘quvchilarning ota-onasi jazolandi
Holat yuzasidan rasmiy izoh berildi.
O‘zbekistonda 21 mlrd so‘mlik davlat xaridi noqonuniy o‘tkazilishining oldi olindi
To‘plangan hujjatlar esa qonuniy chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi shifoxonalarda pulli xizmatlar qimmatlashgani aytilgan xabarlar yuzasidan izoh berdi
Davlat shifoxonalaridagi pulli xizmatlar uchun to‘lovlar kamida 5 foiz arzonlashgani bildirildi.
O‘zbekistondagi har bir OTM 1-avgustgacha o‘z brendini shakllantiradi
Tegishli hukumat qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi.
Izoh (0)