• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12937.93
    • RUB161.1
    • EUR14665.14
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev turkiy davlatlar hamkorligini rivojlantirishning muhim yo‘nalishlarini ko‘rsatdi

    Shavkat Mirziyoyev 21-may kuni Budapesht shahrida bo‘lib o‘tgan Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammitida ishtirok etdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. 

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Vengriya bosh vaziri Viktor Orban raisligida o‘tgan tadbirda Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev, Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev, Qirg‘iz Respublikasi prezidenti Sadir Japarov, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on hamda Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev ham qatnashdi.

    Kun tartibiga muvofiq, tashkilot doirasidagi ko‘p qirrali hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari yuzasidan fikr almashildi, amaliy hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Davlat rahbari so‘zining avvalida jahonda geosiyosiy va geoiqtisodiy ziddiyatlar, mintaqaviy nizolar va iqlim o‘zgarishi oqibatlari kuchayib borayotgan bugungi murakkab vaziyat shiddat bilan o‘zgarib borayotganini qayd etdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Prezident dolzarb xalqaro muammolarni hal etishda, birinchi navbatda, xalqaro huquq normalari va BMT Nizomiga tayangan holda tashkilot davlatlarining umumiy yondashuv va pozitsiyalarini mustahkamlash muhimligini qayd etdi. Turkiy davlatlar tashkiloti doirasidagi amaliy hamkorlikni rivojlantirish masalalariga to‘xtalar ekan, O‘zbekiston yetakchisi bu borada ishga solinmagan ulkan salohiyat mavjudligini ko‘rsatib o‘tdi va qator yangi takliflar bildirdi.

    Siyosiy jihatdan O‘zbekiston tashabbusi bilan Turkiy davlatlar o‘rtasida strategik sheriklik, abadiy do‘stlik va qardoshlik to‘g‘risidagi shartnomaning imzolanishi dolzarb ahamiyatga ega ekani ta’kidlandi. Ushbu hujjat xalqlarni yanada yaqinlashtirish va ko‘p qirrali hamkorlikning uzoq muddatli huquqiy bazasini mustahkamlashga xizmat qilishiga ishonch bildirildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Prezident savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va transport-kommunikatsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratdi. Xususan, tashkilot mamlakatlarining umumiy tashqi savdo aylanmasida o‘zaro savdo ulushini oshirish maqsadida Turk-treyd onlayn platformasini yaratish va tovar ayirboshlashni ko‘paytirish bo‘yicha amaliy dastur qabul qilish taklif etildi.

    Transkaspiy xalqaro yo‘lagi orqali yuk tashish hajmining o‘sishini ta’minlash va bojxona-chegara tartib-taomillarini soddalashtirish maqsadida davlat rahbari ushbu yo‘nalish bo‘ylab “yagona darcha” va “yashil yo‘laklar” tizimini tez fursatda joriy etishga chaqirdi. Bu boradagi hamkorlikni kengaytirish maqsadida joriy yil noyabr oyida Toshkent shahrida Turkiy davlatlarning multimodal transport va logistika xalqaro forumini o‘tkazish rejalashtirilgan.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Davlat rahbari Turkiy investitsiya jamg‘armasi ta’sis etilganini olqishlab, innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash uchun Qo‘shma venchur kompaniyasi va tashkilotga a’zo mamlakatlarning investitsiyaviy imkoniyatlarini taqdim etadigan yagona portal tashkil etish muhim ekanini ta’kidladi.

    Sanoat kooperatsiyasi sohasidagi hamkorlikni kengaytirish maqsadida kimyo, energetika, tog‘-kon, yengil sanoat, farmatsevtika, charm-poyabzal, oziq-ovqat va qurilish tarmoqlarida yirik ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish bo‘yicha alohida dastur ishlab chiqish taklif qilindi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Davlat rahbari iqlim kun tartibiga to‘xtalar ekan, yaqinda Samarqand shahrida o‘tgan Xalqaro iqlim forumi davomida “yashil” taraqqiyot sohasida global va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha qator muhim tashabbuslar ilgari surilganini qayd etdi. Vengriya bosh vaziri Viktor Orbanning Budapesht shahrida Qurg‘oqchilikning oldini olish institutini ishga tushirish tashabbusi qo‘llab-quvvatlandi. Uning faoliyatiga ko‘maklashish va maqsadli loyihalarga kengroq jalb qilish uchun qurg‘oqchilik va ekologik muammolarning oldini olish bo‘yicha qo‘shma “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish taklif qilindi.

    O‘zbekiston prezidenti fan, madaniyat va ta’lim sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratdi. Toshkent shahrida Turkiy davlatlar xalqaro universitetining ochilishi tashkilotga a’zo mamlakatlarning ta’lim dasturlarini amalga oshirish va iqtidorli yoshlarni tayyorlashga munosib hissa bo‘lishi ta’kidlandi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    O‘zbekiston yetakchisi Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti — TURKSOY faoliyati va tuzilmasini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish hamda Turkiy madaniyat jamg‘armasi kengashining navbatdagi yig‘ilishini O‘zbekistonda o‘tkazishni taklif etdi.

    So‘zining yakunida O‘zbekiston prezidenti turkiyalik atoqli olim, biokimyogar, Nobel mukofoti sovrindori Aziz Sanjarni Alisher Navoiy nomidagi xalqaro mukofotga sazovor bo‘lgani bilan tabrikladi.

    Sammit yakunida Budapesht deklaratsiyasi, shuningdek, hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha boshqa qator hujjatlar qabul qilindi.

    21 may, 16:17   Izoh (0)   1195
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Shavkat Mirziyoyev#Turkiy davlatlar#sammit

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev afg‘on xalqiga gumanitar yordam ko‘rsatishni ko‘paytirishga chaqirdi

    09.11.2023, 13:34

    “SPEKAning asosiy maqsadi – Markaziy Osiyo davlatlarini global iqtisodiy jarayonlarga integratsiya qilish” – ekspertlar

    27.11.2023, 20:50

    Toshkentda “Turkiy xalqlar tarixida Turkistonning o‘rni” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi

    20.12.2023, 19:30

    Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Ozarbayjonga boradi 

    05.07.2024, 08:19

    Shavkat Mirziyoyev Shushada o‘tkazilgan sammitda G‘azo fojiasiga to‘xtalib, zo‘ravonlikni zudlik bilan to‘xtatishga chaqirdi 

    06.07.2024, 16:29

    “Anjuman kun tartibiga kiritilgan Qorabog‘ deklaratsiyasining imzolanishini to‘liq qo‘llab-quvvatlaymiz” — Shavkat Mirziyoyev

    06.07.2024, 17:15

    Shavkat Mirziyoyev Shusha shahriga amaliy tashrifini yakunlab, Toshkentga jo‘nab ketdi (foto)

    06.07.2024, 20:03

    Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar sammitida ishtirok etadi

    05.11.2024, 11:16

    Shavkat Mirziyoyev va Viktor Orban hamkorlikni rivojlantirishni muhokama qildi

    06.11.2024, 16:00

    Prezidentning Yaqin Sharqdagi nizo bo‘yicha fikrlari, Cobalt ustiga tog‘dan tushgan tosh, viloyatlarda hokimlar tasdiqlanishi: 6-noyabrning eng muhim xabarlari 

    06.11.2024, 22:45

    “Harbiy ittifoqqa birlashish uchun har bir kun, har bir yil g‘animat!”. Ko‘p qutbli dunyoda turkiy xalqlarning kelajagi qanday?

    08.11.2024, 19:05

    Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidentini tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

    26 fevral, 21:31

    Shavkat Mirziyoyev 6 ta davlatdan yangi tayinlangan elchilardan ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi (foto)

    6 mart, 16:40

    Ramazon hayiti munosabati bilan Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar va hukumatlar rahbarlaridan qutlovlar kelmoqda

    29 mart, 21:20

    O‘zbekiston va Turkiya prezidentlari Ramazon hayiti bilan bir-birlarini tabrikladi 

    30 mart, 18:30

    Shavkat Mirziyoyev Ilhom Aliyev bilan ikki va ko‘p tomonlama kun tartibidagi dolzarb masalalarni muhokama qildi

    5 aprel, 17:04

    Shavkat Mirziyoyev 19-22-may kunlari rasmiy tashrif bilan Vengriya va Sloveniyada bo‘ladi

    16 may, 19:40

    “Daryo” dayjesti: 16-mayning eng muhim xabarlari

    16 may, 23:40

    O‘zbekistonda ayrim o‘qituvchilar 20 mln so‘m maosh olayotgani ma’lum qilindi

    19 may, 18:19

    Shavkat Mirziyoyev Vengriyaga jo‘nab ketdi

    19 may, 17:36

    Namanganda esdalikka video olmoqchi bo‘lgan bitiruvchilarga chora ko‘rildi (video) 

    19 may, 19:03

    “Daryo” dayjesti: 19-mayning eng muhim xabarlari

    19 may, 22:55

    Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga Budapeshtga yetib bordi (foto)

    20 may, 00:04

    O‘zbekiston—Ozarbayjon ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnoma ratifikatsiya qilindi

    20 may, 11:27

    O‘zbekistonda Bahrayn, Kuvayt va Ummon fuqarolari uchun 30 kunlik vizasiz rejim joriy etiladi 

    20 may, 10:33

    Shavkat Mirziyoyev umumiy aktivlari qiymati 200 mlrd dollardan ortiq bo‘lgan Vengriyaning yirik kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashdi

    20 may, 15:50

    Shavkat Mirziyoyev OTP Bank Group direktorlar kengashi raisi bilan uchrashuv o‘tkazdi

    20 may, 16:47

    Vengriya parlamenti spikeri o‘rinbosari va Iqtisodiyot qo‘mitasi rahbari O‘zbekistonga keladi

    20 may, 17:43

    Shavkat Mirziyoyev va Viktor Orbanning muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Nimalar muhokama qilindi?

    20 may, 20:17

    O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasida kengaytirilgan strategik sheriklik munosabatlari o‘rnatildi

    20 may, 21:28

    “Daryo” dayjesti: 20-mayning eng muhim xabarlari

    20 may, 23:00
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Roma” APL klubi ustozi bilan shartnoma imzolamoqchi

    Sport | 22 may, 09:45

    Isroil harbiylari xorijlik diplomatlarga o‘t ochdi (video)

    Dunyo | 22 may, 09:40

    O‘zbekistonda xususiy bandlik agentliklariga yangi huquqlar berilishi mumkin

    O‘zbekiston | 22 may, 09:17

    APEX BANK Toshkentda Bosh ofis va Markaziy sotuv ofisini ochdi

    Reklama | 22 may, 09:00

    AQSH Rossiyaga yetib bora oladigan raketani sinovdan o‘tkazdi (video)

    Dunyo | 22 may, 09:00

    Son Xyon Min: “Men afsonaman”

    Sport | 22 may, 08:45

    Putin maslahatchisi SSSR “yuridik jihatdan” mavjudligini ta’kidladi

    Dunyo | 22 may, 08:32

    Yevropa Ligasi. “Tottenhem” Yevropa Ligasi chempioniga aylandi (video)

    Sport | 22 may, 07:44
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.