• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +22°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda Italiya yetakchi kompaniyalari bilan Texnologik sheriklik dasturini ishga tushirish taklif qilindi

    Samarqand shahridagi Kongress markazida 29-may kuni  Shavkat Mirziyoyev va Italiya bosh vaziri Jorja Melonining yuzma-yuz hamda rasmiy delegatsiyalar ishtirokidagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Prezident matbuot xizmatining xabar qilishicha, ikki tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi. Tomonlar faol siyosiy almashinuvni davom ettirishni qo‘llab-quvvatladi.Joriy yil aprel oyida Samarqandda o‘tgan samarali sammitni hisobga olgan holda Yevropa Ittifoqi institutlari bilan faol hamkorlik davom ettiriladi. Amaliy natijalarga e’tibor qaratgan holda “Markaziy Osiyo—Italiya” sammitini o‘tkazish muhimligi ta’kidlandi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Savdo sohasida biznesga texnik ko‘mak dasturlarini kengaytirishga kelishib olindi. Yevropa Ittifoqi bozoriga chiqish uchun o‘zbekistonlik eksportchilarni o‘qitish, Toshkentda qo‘shma Sertifikatlash markazini tashkil etish, Muvofiqlikni baholash to‘g‘risidagi bitimni qabul qilishni tezlashtirish shular jumlasidan. Davlat rahbari Italiyaning yetakchi kompaniyalari bilan Texnologik sheriklik dasturini ishga tushirishni taklif qildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Xususiy tadbirkorlikning innovatsion loyihalari, o‘ta muhim minerallar va qishloq xo‘jaligi xomashyosini chuqur qayta ishlash, avtomobilsozlik uchun butlovchi qismlar, elektrotexnika, energetika, oziq-ovqat, farmasevtika, qurilish sanoatida yuqori texnologiyali mahsulotlar ishlab chiqarish, to‘qimachilik, charm, mebelsozlik va boshqa tarmoqlar uchun dizayn markazlarini tashkil etish ustuvor yo‘nalishlar sifatida qayd etildi.

    Bunday loyihalar Yevropa operatori boshqaruvida Toshkent viloyatida tashkil etiladigan sanoat parkida joylashtirilishi mumkin.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Loyihalarni qo‘llab-quvvatlashning yangi mexanizmlarini ishga tushirish uchun qo‘shma investisiya jamg‘armasini tashkil etish, shuningdek, Italiyaning SACE va SIMEST davlat agentliklarini jalb qilish masalasi ko‘rib chiqiladi.

    Kompleks “yo‘l xaritasi” asosida qishloq xo‘jaligida ilmiy-texnologik hamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Uzum, zaytun, za’faron, sarsabil yetishtirish, agrolaboratoriyalar tashkil etish, biotexnologiyalarni rivojlantirish va agrosug‘urtani joriy qilish bo‘yicha kooperatsiya istiqbollari qayd etildi.

    Yangi loyihalarni ilgari surish maqsadida hukumatlararo guruh ishini qayta tiklash va uning yig‘ilishini biznes forumi bilan birga o‘tkazishga kelishib olindi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati
    Foto: Prezident matbuot xizmati

    O‘zbekiston va Italiya hududlari o‘rtasidagi sheriklik munosabatlarini kengaytirish doirasida Lombardiya gubernatori Attilio Fontana tashrifi va birinchi hududlar forumi doirasida amaliy natijalarga erishish muhim ekani ta’kidlandi.

    Ta’lim sohasida O‘zbekistonda Tushiya universiteti filialini, Piza, Trento, Roma Tre va Ka-Foskari universitetlari bilan ikki tomonlama diplom dasturlarini ishga tushirish rejalari qo‘llab-quvvatlandi.

    O‘zbekistonda Italiya madaniyati kunlarini o‘tkazishga kelishib olindi.

    Tashrif doirasida mehnat migratsiyasi sohada tizimli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga qaratilgan bitim imzolangani mamnuniyat bilan qayd etildi. Uchrashuv yakunida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha kompleks “yo‘l xaritasi”ni tayyorlash to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

    Italiya bosh vazirinining Samarqandga tashrifi

    Italiya bosh vaziri Jorja Meloni  Shavkat Mirziyoyev taklifiga binoan 28-may kuni rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi.  Samarqand xalqaro aeroportida bosh vazirni O‘zbekiston yetakchisi kutib oldi. So‘ng davlat rahbarlari Samarqand shahridagi Registon maydonida, Silk Road Samarkand xalqaro turizm markazidagi “Boqiy shahar” tarixiy-etnografik bog‘ida bo‘ldi. Raqs jamoalarining chiqishlaridan iborat madaniy dastur namoyish etildi.

    29-may kuni Italiya bosh vazirini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. 

    O‘zbekiston—Italiya hamkorligi

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Keyingi yillarda tovar ayirboshlash hajmi, shu jumladan yetkazib berilayotgan mahsulotlar turining kengaygani hisobiga qariyb 3 barobar oshdi. Qo‘shma korxona va loyihalar soni ikki barobar ko‘paydi. Italiyaning yetakchi kompaniyalari bilan metallurgiya, elektrotexnika, qishloq xo‘jaligi, chorvachilik, turizm va boshqa sohalarda o‘zaro manfaatli kooperatsiya yo‘lga qo‘yilgan.

    O‘zbekiston delegatsiyasi Venetsiyadagi biyennaleda faol ishtirok etdi, Florensiyada ko‘rgazma o‘tkazildi. O‘tgan yil dekabr oyida Rim va Viarejo shaharlarida O‘zbekiston madaniyati kunlari bo‘lib o‘tdi.

    O‘zbekistonda Turin va Piza universitetlarining filiallari muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. Aprel oyida rektorlarning ikkinchi forumi samarali o‘tdi.

    29 may, 13:56   Izoh (0)   699
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Jorja Meloni#Shavkat Mirziyoyev#Italiya—O‘zbekiston

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Italiyaga boradi

    07.06.2023, 08:46

    Shavkat Mirziyoyev Italiya bosh vaziri bilan muzokara o‘tkazdi

    08.06.2023, 22:13

    Shavkat Mirziyoyev va Italiya bosh vaziri strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiyani qabul qildi

    08.06.2023, 22:35

    Italiya O‘zbekistonga energetika loyihalari uchun 2,2 mlrd yevrodan ortiq mablag‘ ajratadi

    09.06.2023, 15:14

    Shavkat Mirziyoyev Italiya ishbilarmon doiralari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi (foto) 

    09.06.2023, 18:28

    “Bir makon, bir yo‘l” imkoniyatmi yoki tuzoq?

    21.10.2023, 19:25

    Los-Anjelesdagi yong‘inlarning ehtimoliy sababchisi qo‘lga olindi 

    11 yanvar, 17:30

    “Yashil” iqtisodiyot, energetika manbalari, iqlim o‘zgarishi: Shavkat Mirziyoyev “Abu-Dabi barqaror rivojlanish haftaligi” sammitida nimalar haqida gapirdi?

    14 yanvar, 16:54

    Milliarderlar, xorijlik mehmonlar va sobiq prezidentlar: Trampning inauguratsiyasida kimlar qatnashadi? 

    16 yanvar, 23:30

    Trampning inauguratsiya ziyofatida qanday taomlar tortiladi? 

    20 yanvar, 21:55

    FT: Yevropa davlatlari Ukrainaga qo‘shin yuborish borasida tortishdi 

    18 fevral, 16:30

    Yangi Rim papasi O‘zbekistonga minnatdorlik bildirdi

    19 may, 10:00

    Zelenskiy Putinga qo‘ng‘iroqdan avval Trampdan nimani so‘ragani ochiqlandi

    20 may, 10:58

    Rim papasi Rossiya va Ukraina muzokaralarini qabul qilishga tayyorligini bildirdi

    21 may, 18:20

    Italiya bosh vaziri Samarqandga keladi 

    26 may, 09:55

    Shavkat Mirziyoyev Samarqandga jo‘nab ketdi

    28 may, 18:51

    Italiya bosh vaziri rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi

    28 may, 22:36

    Jorja Meloni Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Registon ansambli va “Boqiy shahar” majmuasi bilan tanishdi (foto)

    28 may, 23:41
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Hitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Nigeriyada suv toshqinlaridan halok bo‘lganlar 151 kishiga yetdi

    Dunyo | 1 iyun, 00:10

    BMT yadro agentligi: Eron uran zaxiralarini ko‘paytirmoqda

    Dunyo | 31 may, 23:50

    Jizzaxda 667 mln so‘mlik zargarlik buyumlarining noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi

    O‘zbekiston | 31 may, 23:35

    Kelgusi hafta avvalida havo harorati 40 darajagacha ko‘tariladi

    O‘zbekiston | 31 may, 23:10

    Yomg‘ir suvini elektr energiyasiga aylantirish yo‘li topildi

    Dunyo | 31 may, 22:55

    Bolalar ombudsmani Magic City’da suitsid sahnasi namoyish etilgani yuzasidan izoh berdi

    O‘zbekiston | 31 may, 22:35

    Namangan va Toshkentda yarim mlrd so‘mlik gaz va “svet”dan noqonuniy foydalanildi

    O‘zbekiston | 31 may, 22:15

    Mayk Tayson raqibining oyog‘ini tishlab olgan, WBC prezidentiga tupurgan va jurnalistni haqorat qilgan matbuot anjumani haqida

    Boks | 31 may, 22:01
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.