Fransiya politsiyasi yozgi Olimpiada o‘yinlari vaqtida Sent-Eten shahridagi stadionda terakt tayyorlashda gumon qilib, chechenistonlik 18 yoshli o‘smirni qo‘lga oldi, dedi mamlakat IIV rahbari Jerald Darmanin.
“Dalillar shuni ko‘rsatadiki, u Olimpiada futbol o‘yinlaridan birida Geoffroy Guichard stadioniga hujum qilishga faol tayyorgarlik ko‘rgan. U tomoshabinlarga ham, xavfsizlik xodimlariga ham hujum qilib, keyin “shahid” sifatida o‘lishni xohlagan”, — dedi Jerald Darmanin bayonotida.
Politsiya hibsga olingan shaxsning ismini oshkor qilmagan. Aytilishicha, gumonlanuvchi Chechenistonda tug‘ilgan.
- Fransiya politsiyasi Parijda 26-iyuldan 11-avgustgacha bo‘lib o‘tadigan Olimpiada o‘yinlari oldidan shay holatga keltirildi.
- Olimpiada davomida tartibni 45 ming politsiyachi nazorat qilishi kutilmoqda.
Izoh (0)