O‘zbekistonda moped va skuter haydovchilari uchun haydovchilik guvohnomasi talabi 1-oktyabrga qadar uzaytirildi.

2025-yil 1-martdan boshlab “A” toifali haydovchilik guvohnomasisiz moped va skuterlarlarni boshqarish jarimaga sabab bo‘lishi belgilangandi. Vazirlar Mahkamasining 12-apreldagi qaroriga ko‘ra, moped va skuterni boshqarish uchun haydovchilik guvohnomasi talabi 2025-yil 1-oktyabrdan boshlab kuchga kiradi.
Vazirlar Mahkamasining qarori bilan foydalanishda bo‘lgan moped va skuterlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida 2025-yil 28-fevralga qadar amal qiladigan vaqtinchalik nizom ham tasdiqlangandi. Ushbu nizom endilikda 2025-yil 30-sentyabrgacha amal qiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi qarori bilan amaldagi Yo‘l harakati qoidalariga bir qancha o‘zgartirishlar kiritilgandi. Xususan, elektromotosikl, moped va skuterlar uchun alohida farqlovchi davlat raqam belgilari joriy etildi.
Izoh (0)