Braziliya janubidagi Riu-Grandi-du-Sul shtatida kuzatilgan suv toshqinlari oqibatida 29 kishi halok bo‘ldi, 60 kishi bedarak yo‘qoldi. Bu haqda CNN Brasil xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, shtatdagi 150 dan ortiq shahar tabiiy ofatdan zarar ko‘rgan. 213 ta munitsipalitet suv toshqinlari, to‘g‘onlarning buzilishi va ko‘chkilar haqida xabar bergan, 10 ming kishi uy-joysiz qolgan. 500 mingdan ortiq uy suv taʼminotidan, 300 mingdan ortiq uy esa elektr taʼminotidan uzilgan.
Braziliya janubida yomg‘ir 29-aprel kuni boshlandi. Braziliya qurolli kuchlari Rio-Grande-du-Sulda jabrlanganlarga yordam berish uchun 8 ta samolyot va 600 ga yaqin askar yubordi. Shtat gubernatori Eduardo Leyte 1-may kuni suv toshqini keltirgan zarar tufayli favqulodda holat e’lon qildi.
Izoh (0)