Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 23-aprelda amalda bo‘ladigan qiymatini eʼlon qildi.
Unga ko‘ra:
- dollar 30,68 so‘mga pastlab, 12 878,96 so‘m bo‘ldi;
- yevro 106,26 so‘mga tushib, 14 801,79 so‘m bo‘ldi;
- rubl 1,36 so‘mga pastlab, 158,39 so‘mni tashkil etdi.
Bundan avval dollar 28,56 so‘mga pastlab, 12 909,64 so‘m bo‘lgandi. O‘zbekistonda dollar kursi so‘nggi marta 25-fevralda 12 900 so‘mdan tushgandi.
Ba’zi iqtisodchilarning fikricha, mamlakatda valyuta kursi sun’iy ushlab turibdi, agar kurs erkinlashsa 1 dollar 20 ming so‘mgacha ko‘tariladi. Markaziy bank esa bu qarashlar noto‘g‘ri ekanligini bildirgandi. 2025-yil oxirigacha kurs qanchaga yetadi? Yaqin kelajakda qanday iqtisodiy tebranishlarga tayyor turish kerak? Quyidagi havola orqali almashuv kurslari, ularga taʼsir etuvchi omillar va kutilmalar haqida o‘qish mumkin.
2025-yil aprelida AQSH dollari indeksi so‘nggi uch yildagi eng past ko‘rsatkichga tushib ketdi.
Izoh (0)